Ortiqça xavotirga asos yöq — SSV koksaki virusi haqida ogohlantirdi

eʼlon qilindi
Kasallik aksariyat hollarda yengil keçadi
Ortiqça xavotirga asos yöq — SSV koksaki virusi haqida ogohlantirdi
Foto: depositphotos

Kuz-qiş mavsumida ayrim yuqumli kasalliklarga çaliniş holatlari ortişi mumkin. Soğliqni saqlaş vazirligi koksaki virusi ham şunday kasalliklardan biri ekanini bildirib, undan himoyalaniş uçun gigiyena qoidalariga rioya qilişni tavsiya etdi.

Koksaki qanday kasallik

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Atabekovning aytişiça, Koksaki enteroviruslarning bir turi hisoblanadi.

Kasallik odatda ötkir içak infeksiyalariga öxşaş keçadi. Ayrim hollarda respirator belgilar ham içak belgilariga qöşilişi mumkin. Koksaki virusining 70 ga yaqin turi mavjud bölib, amaliyotda asosan A va B turlari uçraydi.

Kasallik aksariyat hollarda yengil keçadi

Mutaxassisga köra, bemorlarning aksariyati kasallikni yengil ötkazadi va hatto kasallanganini sezmasligi ham mumkin.

Koksakining A turida yuz, lab, burun va barmoqlarda pufakçalar paydo bölişi mumkin. B turida esa köproq içak bilan boğliq belgilar kuzatilişi mumkin. Ayrim kam hollarda zotiljam yoki meningit kabi jiddiy asoratlar yuzaga kelişi ehtimoli ham bor.

Qanday himoyalaniş kerak

SSV kasallikdan himoyalaniş uçun oddiy sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilişni tavsiya etdi.

Xususan, qöllarni yaxşilab yuviş, kasallik belgilari kuzatilgan odamlar bilan yaqin muloqotni çeklaş va alomatlar paydo bölgan taqdirda şifokorga murojaat qiliş muhim.

Nurmat Atabekov koksaki böyiça tarqalayotgan ma’lumotlardan ortiqça xavotirga tuşiş uçun asos yöqligini, kasallik Özbekistonda keng tarqalgan infeksiya hisoblanmasligini ta’kidladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda ovqatdan zaharlangan qozoğistonlik futbolçilar vataniga qaytgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek