Qozoğiston benzin eksportiga taqiqni uzaytirdi

Qozoğiston hukumati benzin, dizel yonilğisi va ayrim neft mahsulotlarini mamlakatdan olib çiqişga qöyilgan taqiqni yana olti oyga uzaytirdi. Bu haqda energetika vazirining 30-oktabrdagi buyruğida ma’lum qilindi.
Hujjatga köra, çeklovlar 2026-yil 22-noyabrdan 2027-yil 22-maygaça amal qiladi. Taqiq neft mahsulotlarini avtomobil va temir yöl transporti orqali eksport qilişga taalluqli bölib, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakatlarni ham qamrab oladi.
Qaysi mahsulotlarga çeklov qöyildi?
Avtomobil transporti orqali benzin, dizel yonilğisi va ayrim neft mahsulotlarini olib çiqiş taqiqlanadi. Biroq moylaş moylari uşbu çeklovdan mustasno.
Şuningdek, avtomobilning işlab çiqaruvçi tomonidan örnatilgan yonilği bakidagi yoqilğini olib çiqişga ruxsat beriladi. Bunda transport vositasi orqali çegaradan bir sutkada bir martadan ortiq ötmaslik talabi qöllanadi.
Temir yöl orqali ayrim neft mahsulotlarini eksport qiliş ham çeklanadi. Hukumat tasdiqlagan yetkazib beriş rejalari asosida ayrim turdagi benzinni eksport qilişga ruxsat beriladi.
Bundan taşqari, hukumat qarori bilan insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan neft mahsulotlari taqiqdan mustasno.
2027-yil 1-yanvardan 30-iyungaça esa Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bojxona hududidan taşqariga aviakerosin, dizel yonilğisi, gazoyl, toluol, ksilol, neft bitumi va ayrim boşqa mahsulotlarni eksport qilişga qöşimça çeklovlar amal qiladi. Yangi buyruq 2026-yil 16-noyabrdan kuçga kiradi.
Qozoğiston Energetika vazirligi ilgari bunday çoralar mamlakatning energetika xavfsizligini ta’minlaş va içki neft mahsulotlari bozorida barqarorlikni saqlaşga qaratilganini bildirgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozoğiston yonilğining noqonuniy olib çiqilişiga qarşi kuraş doirasida Özbekistondan kirayotgan transport vositalariga bir sutkada çegaradan faqat bir marta ötiş çeklovini joriy etgani haqida xabar bergan edi.