Özbekistonda «Fidoyi volontyor» kökrak nişoni ta’sis etiladi

Özbekistonda volontyorlik faoliyatini rivojlantiriş böyiça yangi çora-tadbirlar joriy etiladi. Prezident farmoniga köra, «Fidoyi volontyor» kökrak nişoni ta’sis etiladi, talabalar uçun esa «Kasbiy volontyorlik» dasturi yölga qöyiladi.
Volontyorlar rağbatlantiriladi
Farmonga köra, volontyorlik faoliyatini ommalaştirişning asosiy maqsadlaridan biri aholi, ayniqsa yoşlarda ijtimoiy mas’uliyat, hamjihatlik, özaro yordam va mehr-şafqat tuyğularini rivojlantiriş hisoblanadi.
Şuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga beğaraz yordam körsatiş hamda atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan xayriya tadbirlarini kengaytiriş közda tutilgan.
«Ezgulik sari qadam» şiori ostida volontyorlikni umummilliy harakatga aylantiriş rejaştirilmoqda.
Volontyorlar iştirokidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar va aksiyalar taşkil etiladi, ularning faoliyati moddiy va ma’naviy jihatdan rağbatlantiriladi. Şu maqsadda «Fidoyi volontyor» kökrak nişoni ham ta’sis etiladi.
5-dekabr keng nişonlanadi
Farmonga muvofiq, 5-dekabr — Xalqaro köngillilar kuni mamlakatda keng nişonlanadi.
Şuningdek, xalqaro taşkilotlar va xorijiy davlatlar vakillari iştirokida Osiyo volontyorlari forumini ötkazib boriş rejaştirilgan.
Talabalar uçun «Kasbiy volontyorlik» dasturi işga tuşiriladi
2027-yildan boşlab volontyorlik qiliş istagidagi yoşlar uçun «Service Learning» dasturi asosida qisqa muddatli öquvlar taşkil etiladi.
Davlat oliy ta’lim taşkilotlari talabalari va texnikum öquvçilari uçun «Kasbiy volontyorlik» dasturi ham amalga oşiriladi.
Bunda davlat organlari va taşkilotlari talabalar hamda texnikum öquvçilarining öqişdan böş vaqtida volontyorlar guruhida faoliyat yuritişi uçun şaroit yaratadi. Talabalar öz mutaxassisligiga mos volontyorlik dasturlarida ixtiyoriy ravişda iştirok etişi mumkin böladi.
Volontyorlik tajribasi işga qabul qilişda ustunlik beradi
2027-yil 1-yanvardan boşlab tajriba-sinov tariqasida «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimi lavozimiga işga qabul qilişda volontyorlik tajribasi ham hisobga olinadi.
Agar nomzodlarning malaka körsatkiçlari teng bölsa, volontyorlik faoliyati bilan şuğullangan nomzodga ustunlik beriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Volontyorlikni qöllab-quvvatlaş» jamğarmasi taşkil etilişi haqida xabar berilgandi. Jamğarmaga har yili budjetdan 20 mlrd söm ajratiladi. Bundan taşqari, viloyat hokimlari mahalliy budjetdan 3 mlrd sömdan mablağ yönaltiradi.