Farğonadagi jinsiy zöravonlik işi oğirroq modda böyiça köriladi — Bolalar ombudsmani

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Gumonlanuvçi qamoqqa olingan, jabrlanuvçiga psixologik va yuridik yordam körsatilmoqda
Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda
Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Farğona viloyatida voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etilgani böyiça qözğatilgan jinoyat işi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi bilan qayta malakalandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.

Ma’lumotga köra, hodisa 2026-yil 28-sentabr kuni Qöqon şahridagi mehmonxonalardan birida sodir bölgan. Jabrlanuvçi qiz 2012-yilda tuğilgan.

Gumonlanuvçi qamoqqa olingan

Holat yuzasidan joriy yil joriy yil 29-sentabr kuni Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Jinoyat işi doirasida gumonlanuvçi uşlangan va 30-sentabr kuni sud qarori bilan unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

9-noyabr kuni Qöqon şahar prokuraturasi jinoyat işini Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi bilan qayta malakalangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Jabrlanuvçiga psixologik yordam körsatilmoqda

Voyaga yetmagan qizning ruhiy holatini tiklaş va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas’ullari tomonidan unga psixologik va yuridik yordam körsatilmoqda.

Bolalar ombudsmani jabrlanuvçining protsessual huquqlari ta’minlanişi ustidan nazoratni davom ettirişini bildirdi.

Avvalroq mazkur holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bergani haqida yozilgan edi.

Shuningdek