Özbekiston sobiq ittifoq davlatlari orasida pensiya miqdori böyiça 13-örinni egalladi

Özbekistonda örtaça pensiya 1,58 mln söm yoki qariyb $132 ni taşkil etadi. Bu körsatkiç bilan mamlakat sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida bölgan 15 davlat orasida 13-öringa joylaşdi. Bu haqda Cronos.Asia xabar berdi.
Özbekistonda pensiya qöşni davlatlardan past
Reytingga köra, Özbekiston Qirğiziston va Gruziyadan keyingi örinda turibdi. Qirğizistonda örtaça pensiya 12 898 som ($147), Gruziyada 370 lari ($143), Özbekistonda esa 1,58 mln söm ($132) deb körsatilgan.
Özbekistondan keyingi örinda Tojikiston joylaşgan. Bu mamlakatda örtaça pensiya 505,67 somoni yoki $55 ni taşkil etadi. Armanistonda 2026-yil uçun örtaça pensiya ma’lumoti e’lon qilinmagani sababli, 46 ming dramlik ($128) eng kam pensiya hisobga olingan.
Qozoğistonda örtaça pensiya 157 843 tenge ($349) bölib, Özbekiston körsatkiçidan qariyb 2,6 baravar yuqori. Ozarbayjonda bu miqdor 541,6 manat ($319), Rossiyada 25 469 rubl ($310), Moldovada esa 4 824 ley ($269)ga teng.
Eng yuqori pensiya Boltiqböyi davlatlarida
Sobiq SSSR mamlakatlari orasida eng yuqori örtaça pensiya Estoniyada qayd etilgan – 860 yevro yoki $965. Litva 750 yevro ($842), Latviya esa 685,92 yevro ($770) bilan keyingi örinlarni egallagan.
Belarus 1 126 rubl ($376) körsatkiç bilan törtinçi örinda. Qozoğiston esa undan keyingi poğonada joylaşgan.
Reytingda Turkmaniston uçun örtaça pensiya örniga eng kam pensiya miqdori – 558 manat ($160) körsatilgan.
Avvalroq Özbekistonda ayni vaqtda 223 mingdan ortiq pensiya yoşidagi fuqarolar mehnat faoliyatini davom ettirayotgani haqida xabar berilgandi.