Özbekistonda çorvaçilikni rivojlantiriş uçun 60 mln dollar ajratiladi

Osiyo taraqqiyot banki Özbekistonda çorvaçilikni rivojlantiriş va sohaning iqlim özgarişiga çidamliligini oşiriş uçun $60 mln kredit ajratişni ma’qulladi. Bu haqda bankning rasmiy ma’lumotida ma’lum qilindi.
Loyiha doirasida yaylovlardan barqaror foydalaniş, yem-xaşak bazasini kengaytiriş, veterinariya xizmatlarini yaxşilaş va çorva parvarişi amaliyotlarini takomillaştiriş rejalaştirilgan.
Çorvaçilik qişloq aholisi daromadining muhim manbai
Osiyo taraqqiyot banki ma’lumotiga köra, çorvaçilik Özbekistonda iste’mol qilinadigan hayvon oqsilining qariyb 90 foizini ta’minlaydi. Sohada qişloq xöjaligi işçi kuçining 27 foizi band. Çorvaçilik ayrim fermer xöjaliklari daromadining 45 – 67 foizini taşkil etadi.
Mamlakatdagi qoramollarning asosiy qismi dehqon xöjaliklari hissasiga töğri keladi: ular göşt yönalişidagi qoramollarning 94 foizi, sut qoramollarining 95 foizi hamda qöy va eçkilarning 83 foizini boqadi.
Şu bilan birga, bank çorvaçilikdagi unumdorlik nisbatan pastligiga e’tibor qaratgan. Masalan, dehqon xöjaliklarida göşt uçun boqiladigan qoramollarning söyilişdagi örtaça vazni 350 kg atrofida. Intensiv xöjaliklarda esa bu körsatkiç 560 kg gaça yetişi mumkin. Sut soğimi böyiça ham sezilarli farq mavjud – yiliga örtaça 2,6 ming litrga qarşi 6,1 ming litr.
Loyiha iqlim xavflarini ham hisobga oladi
Bank past unumdorlik sabablaridan biri sifatida yem-xaşak yetişmovçiligini körsatgan. Iqlim özgarişi fonida suv taqçilligi, yaylovlarning qisqarişi va yerlarning şörlanişi vaziyatni yanada murakkablaştirişi mumkin.
Loyiha çorvaçilikda issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytirişga ham yordam berişi kutilmoqda. Buning uçun sifatli yemdan foydalaniş, boqiş usullarini yaxşilaş va yaylovlarda uglerodni saqlaş imkoniyatlarini kengaytiriş nazarda tutilgan.
Osiyo taraqqiyot bankining $60 mln kreditidan taşqari, loyiha uçun Yaponiya farovon va barqaror Osiyo-Tinç okeani jamğarmasidan $3 mln hamda Yaşil iqlim jamğarmasidan $5 mln grant ajratişi körsatilgan.
Avvalroq Jahon banki Özbekistonda elektr energiyasini taqsimlaş tizimini modernizatsiya qiliş uçun $100 mln qarz ajratişni ma’qullanişi haqida xabar berilgan edi.