Toşkent aeroportida telefonlar böyiça vaqtinça çeklov bekor qilindi

Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan olib kirilayotgan mobil qurilmalarni bojxona rasmiylaştiruvi böyiça vaqtinça töxtatiş çorasi 11-noyabrdan bekor qilindi. Telefonlarni olib kiriş va rasmiylaştiriş odatdagi tartibda davom ettirilmoqda. Bu haqda Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev 11-noyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Mobil qurilmalarni yana odatdagi tartibda olib kiriş mumkin
Tangriyevning aytişiça, 11-noyabr kuni UzIMEI va Bojxona qömitasi vakillari Toşkent xalqaro aeroportida muzokaralar ötkazgan.
Natijada IMEI identifikatorlarini tekşiriş zarurati tuğilgan hollarda bojxona xodimlariga amaliy yordam beriş uçun UzIMEI vakillarining aeroportda doimiy faoliyat yuritişi yölga qöyildi.
«Bugundan boşlab vaqtinça töxtatiş haqidagi çora bekor qilindi. Bugundan yana mobil qurilmalarni bemalol olib kiriş boşlandi», — dedi Husan Tangriyev.
Uning ta’kidlaşiça, mobil qurilmalarni bojxonada rasmiylaştiriş jarayoni endilikda odatdagi rejimda davom etadi.
Bojxona qömitasi matbuot kotibi vaqtinça olib qöyilgan qurilmalarni egalariga qaytariş işlari ham boşlanganini bildirdi.
«Şu paytgaça olib qöyilgan bir neça yuzlab mobil qurilmalarni hozirda qaytariş işlari boşlandi», — dedi u.
Şubhali IMEI kodlarini UzIMEI mutaxassislari tekşiradi
Yangi tartibga köra, bojxona xodimlarida telefonning IMEI identifikatorlari özgartirilgani yoki kodlarni qöşimça tekşiriş zarurati borasida şubha paydo bölsa, aeroportda faoliyat yuritadigan UzIMEI mutaxassislariga murojaat qilinadi.
Avvalroq Toşkent xalqaro aeroportida mobil qurilmalarni bojxona rasmiylaştiruvi IMEI kodlarini tekşiriş va qurilmalarning qonuniy olib kirilganini tasdiqlaş bilan boğliq ayrim masalalarga aniqlik kiritilguniga qadar vaqtinça töxtatilgan edi.
Bojxona qömitasi, şuningdek, telefonlarni 30 kungacha majburiy saqlovga oliş yoki bir kun içida rasmiylaştiriş uçun qöşimça tölov undiriş tartibi joriy etilmaganini bildirdi.
Eslatib ötamiz, bundan oldin qömita Özbekistonda mobil qurilmalarni noqonuniy olib kirişda IMEI kodlarini soxtalaştiriş va boşqa telefonlarga tegişli identifikatorlardan foydalaniş holatlari aniqlanayotganini bildirgandi.