Özbekistonda 6 yoşli bolalarni maktabga tayyorlaş majburiy böladi

eʼlon qilindi
10 ta oliygoh xalqaro reytinglarga kiritiladi
Foto: static.tildacdn.one

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş, 2030-yilgaça esa kamida 10 ta mahalliy oliygohni xalqaro reytinglarning Top-1000 taligiga kiritiş rejalaştirilmoqda. Bu vazifalar prezident Şavkat Mirziyoyevning 10-noyabr kuni imzolangan tegişli farmonida belgilangan. Hujjat 11-noyabrdan kuçga kirgan.

Farmon bilan 2027 – 2031-yillarda amalga oşiriladigan yettita milliy dastur va ularning çora-tadbirlar rejalari tasdiqlangan. Ulardan biri ta’lim tizimini rivojlantirişga qaratilgan.

6 yoşli bolalar maktabga tayyorlov bilan qamrab olinadi

2027-yildan 6 yoşli bolalarni bir yillik maktabga tayyorlov guruhlariga 100 foiz jalb qiliş közda tutilgan. Buning uçun 2026-yil dekabrigaça hududlarda tayyorlov guruhlariga ehtiyoj, pedagoglar soni va zarur jihozlar aniqlanadi. 2027 – 2028-yillarda bepul guruhlar taşkil etiladigan xonalar mebel va boşqa jihozlar bilan ta’minlanadi.

Bundan taşqari, Osiyo taraqqiyot banki kömagida Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlarida davlat-xususiy şeriklik asosida 500 ta maktabgaça ta’lim taşkiloti taşkil etiladi. Har yili kamida 100 ta boğça quriş yoki rekonstruksiya qiliş rejalaştirilgan.

Xususiy boğçalar uçun yer ajratiş va imtiyozli kredit liniyalarini yölga qöyiş böyiça 2027-yil aprelgaça me’yoriy hujjat loyihasi tayyorlanadi. Nodavlat boğçalardagi tarbiyaçilar uçun esa videodarslar, uslubiy qöllanmalar va testlarni öz içiga olgan «Tarbiyaçi» ta’lim platformasi yaratiladi.

Şuningdek, xususiy boğçalarga ajratiladigan budjet subsidiyalari şartlari qayta körib çiqiladi. Kelgusida ularning miqdori ta’lim sifati bilan boğlanişi közda tutilgan.

Maktablarda xalqaro baholaş tizimi joriy etiladi

2030-yilgaça barça umumta’lim maktablari xalqaro mezonlarga mos milliy diagnostika tizimi bilan qamrab olinişi kerak. Bunda PISA kabi xalqaro baholaş dasturlari natijalari muntazam tahlil qilinadi.

Olingan natijalar asosida öquv dasturlari va darsliklarga öquvçilarning funksional savodxonligini rivojlantiruvçi topşiriqlar kiritiladi. Öqituvçilar uçun ham xalqaro baholaş natijalari va funksional savodxonlik böyiça muntazam maşğulotlar taşkil etiladi.

Texnikumlarda amaliy maşğulotlar uluşi 70 foizga yetkaziladi

Kasbiy ta’lim yönalişida 2031-yilgaça texnikumlarda 1 million nafar yoşni yuqori daromadli kasblarga öqitiş maqsad qilingan. Xalqaro ta’lim standartlari joriy etilgan texnikumlar soni 300 taga yetkaziladi.

Buning uçun ta’lim dasturlari qayta işlab çiqilib, amaliy maşğulotlar uluşi 70 foizga oşiriladi. Dual ta’limda iş beruvçilarning talablari asosiy mezonlardan biri böladi.

10 ta oliygoh xalqaro reytinglarga kiritiladi

2030-yilgaça kamida 10 ta mahalliy oliy ta’lim taşkilotini nufuzli xalqaro reytinglarning Top-1000 taligiga olib kiriş rejalaştirilgan. Bu vazifa «U 10 – Özbekistonning global ilğor universitetlari» dasturi orqali amalga oşiriladi.

Dastur doirasida ilmiy salohiyati yuqori va yirik loyihalarni amalga oşirayotgan oliygohlar tanlov asosida saralanadi. Ğolib universitetlar uçun xalqaro reytinglarga kiriş böyiça alohida «Yöl xaritalari» işlab çiqiladi. Reyting taşkilotlari vakillari bilan ham muzokaralar ötkaziladi.

10 million yoş raqamli kasblarga jalb qilinadi

Farmonda 2031-yilgaça 10 million nafar yoşni raqamli könikmalar va kelajak kasblariga jalb qiliş vazifasi ham belgilangan. Buning uçun IT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot yönalişlarida qisqa muddatli kurslar taşkil etiladi.

2027-yil yanvarigaça hududlar kesimida raqamli könikmalarni rivojlantiriş dasturi işlab çiqiladi. Ta’limni sertifikat va keyinçalik bandlik bilan boğlaydigan vauçer tizimini joriy etiş ham rejalaştirilgan.

Ta’limda özbek tilidagi sun’iy intellekt modellaridan foydalaniladi

Özbek tilidagi adabiyotlar, öquv qöllanmalari va boşqa axborot resurslarini raqamlaştiriş dasturi tasdiqlanadi. Şuningdek, özbek tilidagi sun’iy intellekt modellaridan, jumladan, katta til modellaridan ta’lim jarayonida foydalaniş çoralari köriladi.

Bu yönalişdagi işlar uçun Fanlar akademiyasi va Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti ham mas’ul etib belgilangan.

Maktablarda huquqiy savodxonlik örgatiladi

2031-yilgaça barça umumta’lim maktablarida huquqiy savodxonlik dasturi töliq joriy etiladi. Maşğulotlar 1 – 11-sinflar kesimida bosqiçma-bosqiç taşkil qilinadi.

Kiçik sinflarda bolalarga öz huquqlari, özaro hurmat va zarur vaziyatlarda yordam söraş tuşuntiriladi. Yuqori sinflarda esa zöravonlikdan himoyalaniş, mehnat va iste’molçi huquqlari, şartnomalar hamda murojaat qiliş tartibi örgatiladi.

Mavzular «Tarbiya» faniga kiritiladi. Öquvçilar huquqlari buzilgan holatlarda kimga va qanday murojaat qiliş böyiça amaliy maşqlar ham bajaradi.


Tibbiy ta’lim xalqaro standartlarga moslaştiriladi

2027 – 2030-yillarda oliy tibbiy ta’lim muassasalarining öquv dasturlari Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) standartlariga bosqiçma-bosqiç moslaştiriladi va akkreditatsiyadan ötkaziladi.

Tibbiyot oliygohlarining klinik bazalari, laboratoriyalari va simulyatsion markazlarini rivojlantiriş böyiça «Yöl xaritasi» tasdiqlanadi. Xalqaro hamkorlikda qöşma ta’lim dasturlari, akademik almaşinuv va stajirovkalar yölga qöyiladi.

2030-yilgaça oliy va örta ma’lumotli tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlarini uzluksiz kasbiy ta’lim bilan 100 foiz qamrab oliş ham rejalaştirilgan.

Maktab va şifoxonalar hududidagi boğlarni xususiylaştiriş çeklanadi

Farmonda davlat ta’lim va tibbiyot muassasalari hududidagi yaşil maydonlarni saqlaş böyiça ham vazifa belgilangan. 2027-yil 20-yanvargaça tegişli qonun loyihasi tayyorlanadi.

Loyihada uşbu muassasalar balansidagi boğlar va yer maydonlarini xususiylaştirişni taqiqlaş nazarda tutilgan. Bundan taşqari, xorijda mehnat migratsiyasida bölgan fuqarolarning farzandlari sifatli ta’lim olişi, qobiliyat va iqtidorini rivojlantirişi uçun tegişli tizim yaratilişi közda tutilgan.

Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi har çorakda Vazirlar Mahkamasida muhokama qilinadi. Adliya vazirligi va Hisob palatasi maqsadli körsatkiçlarga erişilişini monitoring qilib boradi.

Avvalroq Özbekistonda birinçi sinf öquvçilari uçun xarid qilingan, ammo foydalanilmay qolgan öquv qurollaridan keyingi yillarda ham samarali foydalaniş yölga qöyilişi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek