Chevrolet Tracker’ni qaysi banklardan 22 mln söm çegirmada oliş mumkin

13-noyabr 2026 16:54 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Chevrolet Tracker’ni qaysi banklardan 22 mln söm çegirmada oliş mumkin
Foto: SI

UzAuto Motors Chevrolet Tracker avtomobilini hamkor banklar orqali bölib tölaş asosida xarid qiluvçilar uçun çegirmalar e’lon qildi. Tanlangan komplektatsiyaga qarab çegirma 5 mln sömdan 22 mln sömgaçani taşkil etadi.

Chevrolet Tracker LS Plus komplektatsiyasi uçun 5 mln söm, LTZ Plus uçun 15 mln söm, Premier Plus uçun 20 mln söm çegirma taqdim etiladi.

Premier Redline komplektatsiyasiga esa 22 mln söm çegirma beriladi.

Taklif 22 ta bank orqali amal qiladi:

  1. Biznesni rivojlantiriş banki (BRB) – 1254
  2. «Universal bank» ATB – 1355
  3. «Asia Alliance bank» ATB – 1270
  4. «Davr bank» XATB – 1284
  5. Tengebank – 1245
  6. «InfinBank» AJ – 1214
  7. «Ipoteka-bank» ATIB – 1233
  8. «Özsanoatqurilişbank» ATB – 1180
  9. «Kapitalbank» ATB – 1340
  10. «Asakabank» AJ – 1152
  11. «Apex bank» AJ –1881
  12. «Hamkorbank» ATB – 1256
  13. «Agrobank» ATB – 1216
  14. «Mikrokreditbank» ATB – 1285
  15. «Özmilliybank» AJ – 1344
  16. «Poytaxt bank» AJ – 71 214-20-00
  17. «Turonbank» ATB – 1220
  18. Xalq banki ATB – 1106
  19. Ipak Yöli bank – 1296
  20. Aloqa bank –  71 230-77-77
  21. Anor bank – 1290
  22. TBC bank – 78 777 27 27

Oylik tölovlar miqdori va bölib tölaş şartlari tanlangan bank hamda avtomobil komplektatsiyasiga qarab farq qilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker uçun chegirma e’lon qilgandi. Tracker modellari uçun çegirma 47 mln sömgaça, Onix uçun esa 25 mln sömgaça yetadi.

Shuningdek