Maxsus ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalar uçun sinf oçganlarga subsidiya beriladi

eʼlon qilindi
Har bir sinfda 12 nafargaça öquvçi böladi
Maxsus ta’lim pedagoglari uchun majburiy malaka talablari joriy etildi
Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Özbekistonda alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalar uçun korreksion sinf taşkil etgan nodavlat ta’lim taşkilotlariga subsidiya ajratiladi. Bu tartib Hukumatning 12-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlandi.

Yangi nizomga köra, nodavlat ta’lim taşkilotlari alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalar uçun korreksion sinf taşkil etişi mumkin.

Buning uçun taşkilot umumiy örta ta’lim xizmatlari körsatiladigan hududdagi vakolatli boşqarmaga «YAMIH» axborot tizimi orqali ariza topşiradi.

Ariza körib çiqilgaç, rad etiş uçun asos bölmasa, hududiy boşqarma bir iş kuni içida tegişli xulosa rasmiylaştiradi va bitim imzolanadi. Har bir korreksion sinfdagi öquvçilar soni 12 nafardan oşmasligi kerak.

Subsidiya hududga qarab farq qiladi

Korreksion sinfda ta’lim olayotgan har bir bola uçun bir oyga subsidiya ajratiladi.

Toşkent şahrida subsidiya miqdori BHMning 11 baravari, viloyatlar markazlari va Nukus şahrida 9,5 baravari, boşqa tuman va şaharlarda esa 8,5 baravarini taşkil etadi.

Subsidiya nodavlat ta’lim taşkilotlarining alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalarga umumiy örta ta’lim xizmatlarini körsatiş bilan boğliq xarajatlarini qoplaşga yönaltiriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda musiqa öqituvçilariga 20 foizgaça ustama tölanişi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek