Özbekistonlik investorlar xorijiy aksiyalarni mahalliy brokerlar orqali sotib olişi mumkin

Özbekistonda malakali investorlar xorijiy aksiyalar, obligatsiyalar, ETF va boşqa qimmatli qoğozlarga mahalliy brokerlar orqali investitsiya kiritişi mumkin böladi. Bu imkoniyat kapital bozoridagi «Tartibga soliş qumdoni» maxsus huquqiy rejimi doirasida joriy etildi.
Tegişli nizom Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 11-noyabrdagi buyruği bilan 3971-raqam ostida davlat röyxatidan ötkazilgan va 12-noyabrdan kuçga kirgan.
Investorlar qaysi xorijiy aktivlarni sotib olişi mumkin
Yangi tartib xorijiy fond indekslariga kiritilgan aksiyalar, çet el kompaniyalari va davlatlarining obligatsiyalari, ETFlar, indeks fondlari hamda xorijiy kompaniyalarning depozitar tilxatlari bilan operatsiyalarni nazarda tutadi. Bunda ikkita mexanizm mavjud.
Birinçi holatda investor Özbekistondagi fond birjasi maydonçasi yoki mahalliy brokerning elektron platformasi orqali xorijiy qimmatli qoğoz bilan ta’minlangan moliyaviy instrumentni sotib oladi.
Ikkinçi holatda esa mahalliy broker xorijiy savdo maydonçasiga çiqiş imkonini beradi. Bitim va qimmatli qoğozlarni hisobga oliş xorijiy investitsiya vositaçisi orqali amalga oşiriladi.
Mahalliy maydonçada savdo qilinadigan instrumentlar Markaziy depozitariyda saqlanadigan xorijiy aktivlar bilan ta’minlanadi. Muomaladagi mahalliy instrumentlar soni ularni ta’minlayotgan xorijiy qimmatli qoğozlar hajmidan oşib ketmasligi kerak.
Kimlar xorijiy qimmatli qoğozlarga investitsiya qila oladi
Yangi tartib böyiça bunday operatsiyalar faqat malakali investorlar uçun oçiq. Jismoniy şaxs malakali investor maqomini oliş uçun belgilangan mezonlardan biriga javob berişi kerak. Jumladan:
- kamida 5 ming dollar miqdorida pul mablağlari, qimmatli qoğozlar yoki boşqa moliyaviy instrumentlarga ega böliş;
- moliya, iqtisodiyot, matematika, investitsiya, buxgalteriya, biznes-tahlil yoki moliyaviy huquq böyiça oliy ma’lumotga ega böliş;
- CFA, CIIA, FRM yoki tegişli mahalliy malaka sertifikatiga ega böliş;
- qimmatli qoğozlar va investitsiyalar bilan boğliq operatsiyalar tajribasiga yoki tegişli sohada kamida ikki yillik iş tajribasiga ega böliş.
Şuningdek, ayrim hollarda investorning qimmatli qoğozlar bozoridagi bilimlari va tajribasi broker tomonidan baholanadi. Brokerlar aktivlarning murakkabligi va xatar darajasidan kelib çiqib, qöşimça talablar ham belgilaşi mumkin.
Muhimi, 5 ming dollarlik mezon investor aynan şu summani xorijiy aksiyalarga sarflaşi kerak degani emas. Bu malakali investor maqomini oliş uçun qöllanadigan mezonlardan biridir.
Xorijiy aksiyalar uçun alohida reyestr yuritiladi
Özbekistonda xorijiy qimmatli qoğozlar muomalaga çiqarilişidan oldin ular Istiqbolli loyihalar milliy agentligining maxsus reyestriga kiritiladi.
Bunday qimmatli qoğoz xalqaro ISIN yoki boşqa rasmiy identifikatorga ega bölişi kerak. Şuningdek, u röyxatdagi qimmatli qoğozlarning umumiy kapitallaşuvi kamida 1 trln dollarni taşkil etgan xorijiy savdo maydonçasida listingdan ötgan bölişi lozim.
Reyestrga kiritiş uçun mahalliy investitsiya vositaçisi, bank yoki xorijiy nominal saqlovçi murojaat qilişi mumkin.
Hisob-kitoblar xorijiy valyutada amalga oşiriladi
Xorijiy qimmatli qoğozlar bilan boğliq hisob-kitoblar xorijiy valyutada amalga oşiriladi. Investor aksiyalarni sotişdan olgan mablağlari, dividendlar va boşqa tölovlarni yangi investitsiyalarga yönaltirişi, broker hisobida qoldirişi yoki Özbekistondagi valyuta hisobvaraği va bank kartasiga çiqarişi mumkin.
Broker mijozning mablağni çiqariş haqidagi topşiriğini uç bank kunidan keçiktirmay bajarişi kerak. Şu bilan birga, xorijiy qimmatli qoğozlarni yoki ular asosida çiqarilgan moliyaviy instrumentlarni qarz mablağlari hisobidan sotib olişga yöl qöyilmaydi.
Yangi nizom xorijiy aksiyalar va boşqa aktivlardan olingan daromadlar uçun alohida soliq imtiyozlarini nazarda tutmaydi. Bunday daromadlar Özbekiston qonunçiligiga muvofiq soliqqa tortiladi.
Agentlik savdoni vaqtinça töxtatişi mumkin
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi qonunçilik buzilişi, bozor manipulyatsiyasi alomatlari, texnik nosozlik yoki investorlar manfaatlariga tahdid yuzaga kelişi kabi holatlarda muayyan xorijiy qimmatli qoğozlar bilan operatsiyalarni vaqtinça çeklaşi yoki töxtatişi mumkin. Şuningdek, xorijiy savdo maydonçasida tegişli qimmatli qoğoz böyiça savdolar töxtatilsa, Özbekistondagi operatsiyalar ham çeklanişi mumkin.
Avvalroq investorlar nafaqat alohida muvaffaqiyatli loyihalarni, balki mamlakatdagi institutsional muhitning umumiy sifatini ham baholaşi haqida xabar berilgandi.