AQŞda tanker kruiz kemasiga urilişi oqibatida 32 kişi şifoxonaga yotqizildi

eʼlon qilindi
Missisipi daryosida yuz bergan töqnaşuv oqibatida yölovçi kemasi ağdarilib çökib ketgan
Foto: Reuters / Çristiana Botic

AQŞning Yangi Orlean şahrida Missisipi daryosi qirğoğida turgan «American Heritage» kruiz kemasiga «Atlantic Asphalt» tankeri kelib urildi. Oqibatda kruiz kemasi ağdarilib ketgan, şuningdek, 32 kişi şifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Qutqaruv operatsiyasi va jabrlanganlar

Yangi Orlean meri Yelena Morenoning ta’kidlaşiça, hodisa vaqtida kemada taxminan 180 – 190 nafar yölovçi va ekipaj a’zosi bölgan. Suvga tuşib ketgan barça odamlar qutqaruvçilar va atrofdagilar yordamida quruqlikka olib çiqilgan. Şifoxonaga yotqizilgan 32 kişining holati barqaror bölib, heç birida oğir jarohatlar qayd etilmagan. Mer qurbonlar bölmaganini ta’kidlab, buni «Missisipidagi möjiza», – deb atadi.

Foto: Reuters / Çristiana Botic

Hodisa sabablari va tergov

Port politsiyasi boşliği Melani Montrollning aytişiça, kema ağdarilişidan oldin 87 nafar yölovçi qirğoqqa tuşişga ulgurgan. AQŞ Sohil xavfsizlik xizmati vakili Melani Bernxem tankerda boşqaruv tizimi işdan çiqqan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Hozirda töqnaşuv sabablari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Hodisa sababli daryoning uşbu hududida barça qatnovlar vaqtinça töxtatilgan.

Avvalroq Kursiv naşri AQŞda aloqa tizimidagi nosozlik sababli parvozlar vaqtinça töxtatilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek