Diyora Keldiyorova Zagreb Gran-prisida bronza medalini qölga kiritdi

14-noyabr 2026 09:51 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: Özbekiston dzyudo federatsiyasi

Özbekiston dzyudo terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova Xorvatiyada ötkazilayotgan Zagreb Gran-prisida -52 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor böldi. Bu haqda Milliy olimpiya qömitasi xabar berdi.

Yarim finalgaça bölgan yöl

Dzyudo böyiça «Parij – 2024» Olimpiadasi çempioni Diyora Keldiyorova musobaqada özining ğalabali yurişini yarim finalgaça davom ettirdi. Biroq final yöllanmasi uçun keçgan bahsda vengriyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qöydi.

Bronza uçun kuraş

Uçinçi örin uçun ötkazilgan hal qiluvçi uçraşuvda Keldiyorova Fransiya vakili bilan tatamiga çiqdi. Uşbu bellaşuvda raqibini mağlubiyatga uçratgan özbekistonlik sportçi bronza medalini öz hisobiga yozdirib qöydi.

Avvalroq Kursiv naşri Diyora Keldiyorova Abu-Dabidagi Grand Slam turnirida mağlub bölgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek