Özbekistonda dori vositalarini retseptsiz toifaga kiritiş mezonlari yangilandi

Özbekistonda dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan toifalarga ajratiş tartibini belgilovçi nizomga muhim özgartirişlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Yangi mezonlar talablari
Yangi tahrirdagi hujjatga köra, dorilarni retseptsiz beriladigan toifaga kiritişda bir qator omillar hisobga olinadi. Bular qatoriga dorining tibbiyot xodimi nazoratisiz xavfsiz qöllanişi, notöğri işlatiş yoki qaramlik keltirib çiqariş xavfining pastligi kiradi. Şuningdek, dori yöriqnomasining iste’molçi uçun tuşunarli bölişi hamda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti e’tirof etgan idoralar xulosasi talab qilinadi.
Majmuaviy dorilar va murojaat tartibi
Ikki yoki undan ortiq faol moddadan iborat bölgan dori vositalari ham retseptsiz toifaga ötkazilişi mumkin. Bu jarayonda har bir faol moddaning xavf-foyda nisbati va dorilarning özaro ta’siri klinik jihatdan baholanadi. Agar dori vositasini retseptsiz toifaga ötkaziş rad etilsa, arizaçi xatolarni bartaraf etgaç, avvalgidek uç yil kutmasdan takroran murojaat qiliş huquqiga ega böladi.
Vakolatli organ huquqlari va hujjat maqomi
Qonunçilikdagi yangi özgarişlarga asosan, vakolatli organ dori vositasi xavfsizligiga doir yangi ma’lumotlar asosida uning toifasini qayta körib çiqişi mumkin. Mazkur özgarişlar 2026-yil 12-noyabrda 3430-2-raqam bilan davlat röyxatidan ötkazildi.
Avvalroq Kursiv naşri «Dok-1 Maks» qurbonlari oilalariga 80 mlrd söm kompensatsiya tölangani haqida xabar bergan edi.