Qor va yomğir yoğdi, oltin-valyuta zaxiralar kamaydi — hafta yangiliklari

Qor va yomğir yoğdi, oltin-valyuta zaxiralar kamaydi — hafta yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.
Özbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana 4,5 foizga kamaydi

Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2026-yil 1-noyabr holatiga $63,6 mlrdni taşkil qildi. Bu körsatkiç 1-oktabrga nisbatan $2,96 mlrd yoki 4,5 foizga tuşganini körsatadi. Bu 2025-yil dekabridan beri eng past körsatkiç ($61,2 mlrd).
«Özbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari hajmi 2026-yil oktabr oyida $2,96 mlrdga kamaydi. Xususan, oy davomida oltin narxining $4,18 mingdan $3,98 minggaça tuşişining ta’siri -3,0 mlrd dollarni taşkil etdi», – deyiladi regulyator izohida.
Özbekiston Jahon banki bilan yangi hamkorlik dasturini yölga qöyadi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2026-yil 11-noyabr kuni Antaliyada ötkazilayotgan COP31 sammiti doirasida Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uçraşdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

2027-yilda Turkiy davlatlar taşkiloti sammiti Özbekistonda ötkaziladi. Bu haqda 11-noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyevning taşkilot boş kotibi etib tayinlangan Mirvohid Azimov bilan uçraşuvida ma’lum qilindi.
Özbekiston bozoriga yangi taksi xizmati kirib kelmoqda

Xitoy kompaniyalaridan biri Özbekiston taksi bozoriga kirib kelişni rejalaştirmoqda. Mazkur kompaniyaning nomi hozirça rasman oçiqlanmagan. Transport vazirligi matbuot xizmati rahbari Navröz Aşurmatov Kursiv Uzbekistan’ga loyiha, haqiqatan ham, rejalaştirilayotganini tasdiqladi.
JSTga a’zolikdan söng telefonlar uçun boj 0% böladi — Bojxona qömitasi

Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölgandan söng mobil qurilmalar importiga bojxona boji stavkasi 0 foizga tuşiriladi. Bu haqda 11-noyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida Bojxona qömitasi boşqarma boşliği Farhod Olimjonov ma’lum qildi, deya xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Bojxona qömitasi vakilining aytişiça, JSTga a’zo böliş yuzasidan olib borilayotgan muzokaralarda Özbekiston boşqa davlatlar bilan tovarlar uçun boj stavkalarini kelişmoqda. Mobil qurilmalar böyiça import boji 0% miqdorida kelişilgan.
Tekşiruv bölyapti — Bojxona qömitasi xodimlar tekşirilayotganini tan oldi

Bojxona qömitasi ayrim xodimlari faoliyati yuzasidan tekşiruvlar ötkazilayotganini tasdiqladi. 2025 – 2026-yillarda mobil qurilmalar va ularning IMEI kodlarini noqonuniy röyxatdan ötkaziş bilan boğliq holatlar yuzasidan 21 ta xizmat tekşiruvi ötkazilib, 29 nafar xodimga intizomiy jazo qöllanilgan. Bu haqda 11-noyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Bojxona qömitasi matbuot xizmati huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan bunday tekşiruvlar borligini rad etmadi.
«Bu böyiça men aniq ma’lumot bera olmayman. Tekşiruv bölyapti, buni rad eta olmayman. Ha, tekşiruv bölyapti», – dedi Tangriyev.
Özbekistonda iPhone qaçon arzonlaşişi ma’lum qilindi

Özbekistonda iPhone narxlarining pasayişiga import bojining kamaytirilişi, rasmiy trade-in tizimi va mobil operatorlar orqali bölib tölaş mexanizmlari yordam berişi mumkin. Bu haqda Apple’ning Özbekistondagi rasmiy distribyutori ASBIS Boş menejeri Dmitriy Tixomirov 11-noyabrdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi Kursiv Uzbekistan.
ASBIS vakilining aytişiça, Özbekistonda dekabr oyidan Apple qurilmalari uçun rasmiy trade-in tizimi işga tuşiriladi. Trade-in orqali xaridor eski smartfonini rasmiy savdo nuqtasiga topşirib, uning qiymatini yangi qurilma narxidan çegirişi mumkin.
Toşkent aeroportida telefonlar böyiça vaqtinça çeklov bekor qilindi

Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan olib kirilayotgan mobil qurilmalarni bojxona rasmiylaştiruvi böyiça vaqtinça töxtatiş çorasi 11-noyabrdan bekor qilindi. Telefonlarni olib kiriş va rasmiylaştiriş odatdagi tartibda davom ettirilmoqda. Bu haqda Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev 11-noyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Qoraqalpoğistonda qor yoğdi — video

Qoraqalpoğistonning ayrim hududlarida 10-noyabrga ötar keçasi qor yoğdi. Bu haqda Qoraqalpoğiston Gidrometeorologiya markazi ma’lum qildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasining Qönğirot tumanida 10-noyabr kuni mavsumning birinçi qori yoğdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi. Mahalliy hokimlik hududdagi mavsum uçun ilk qordan rasmlar ulaşdi.



6-yanvardan haydovçilar jarimalari böyiça yangi tartib kuçga kiradi

Özbekistonda yöl harakati qoidabuzarliklari böyiça ma’muriy işlarni rasmiylaştiriş va jarimalarni körib çiqişning yangi tartibi tasdiqlandi. Hujjat rasmiy e’lon qilinganidan ikki oy ötib, 2027-yil 6-yanvardan kuçga kiradi.
Yangi tartibga köra, yöl harakati qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma, asosan, YHXXning «Ma’muriy amaliyot» elektron tizimi orqali planşet yoki kompyuterda rasmiylaştiriladi. Haydovçi, guvoh va boşqa iştirokçilarga elektron bayonnomani elektron imzo yoki barmoq izi bilan tasdiqlaş taklif etiladi.
Uy-joy qurilişida eskrou tizimi böyiça qonun Senatga yuborildi

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluş kiritiş asosida qurişni tartibga soluvçi qonun loyihasini uçinçi öqişda qabul qildi va Senatga yubordi. Hujjat uluşdorlarning mablağlarini himoya qiliş uçun eskrou hisobvaraqlaridan foydalanişni nazarda tutadi.
Qonun loyihasiga köra, uluşdorlarning mablağlari töğridan töğri quruvçi ixtiyoriga berilmaydi. Pul bankda oçiladigan eskrou hisobvarağida saqlanadi. Quriliş belgilangan talablarga muvofiq yakunlanib, obyekt foydalanişga topşirilgandan keyingina mablağ quruvçiga ötkaziladi.
Bahodir Jalolov World Boxing reytingida törtinçi öringa kötarildi

Özbekistonlik superoğir vazn bokscisi Bahodir Jalolov World Boxing xalqaro boks taşkiloti reytingida birdaniga 3 poğonaga kötarilib, törtinçi örinni egalladi. Taşkilotning yangilangan reytingida Jalolov yettinçi örindan törtinçi poğonaga kötarilgan.
Jalolov joriy yil 17-oktabr kuni Londonda britaniyalik Solomon Dakresga qarşi ringga çiqib, 10 raund yakunida ğalaba qozongan edi. Beşinçi raundda özbekistonlik boksçi raqibini nokdaunga ham tuşirdi. Uşbu ğalabadan keyin Jalolovning professional boksdagi natijasi 18 ta jang va 18 ta ğalabaga yetdi. Şulardan 15 tasini u muddatidan oldin yakunlagan.