Chevrolet Tracker’ni qanday qilib bank iştirokisiz 22 mln söm çegirmada oliş mumkin

16-noyabr 2026 15:26 eʼlon qilindi

(16-noyabr 2026 23:46 yangilandi)
Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Когда выйдет обновленный Chevrolet Tracker
Foto: Chevrolet

UzAuto Motors Chevrolet Tracker avtomobilini 22 mln sömgaça çegirma bilan 36 oyga foizsiz bölib tölaş asosida taklif qilmoqda. Dasturda bank iştiroki talab etilmaydi.

Kompaniya ma’lumotiga köra, Tracker uçun çegirma tanlangan komplektatsiyaga qarab 5 mln sömdan 22 mln sömgaça böladi.

Boşlanğiç tölov 30%

Muddatli tölov dasturida boşlanğiç tölov avtomobil narxining 30 foizini taşkil etadi. Tölov muddati esa 36 oy.

Tracker’ning boşlanğiç komplektatsiyasida oylik tölov 4,2 mln sömdan boşlanadi.

Onix ham foizsiz bölib tölaşga taklif qilinmoqda

Dastur doirasida Chevrolet Onix avtomobilini ham 36 oyga foizsiz bölib tölaş mumkin.

Bazaviy komplektatsiyadagi Onix uçun boşlanğiç tölov 53,07 mln söm, oylik tölov esa 3,4 mln sömni taşkil etadi.

Çegirma faqat Chevrolet Tracker avtomobillariga amal qiladi. Yakuniy tölov miqdori va jadvali tanlangan komplektatsiya hamda şartnoma şartlariga qarab belgilanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker uçun çegirma e’lon qilgani haqida xabar berilgandi. Tracker modellari uçun çegirma 47 mln sömgaça, Onix uçun esa 25 mln sömgaça yetadi.

Shuningdek