
iQOO Xitoyda 20 000 mA/soat siğimli va 66 Vt tezkor quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydigan yangi taşqi akkumulyatorni sotuvga çiqardi. Qurilma bir vaqtning özida uçta gadjetni quvvatlay oladi va noutbuklar bilan ham işlaydi.
Yangi modelning maxsus boşlanğiç narxi 229 yuan — taxminan $32 etib belgilangan. Vivo yoki iQOO smartfoni bilan birga xarid qilinganda qöşimça çegirma ham taqdim etiladi.
Noutbuklarni ham quvvatlaydi
Powerbank turli işlab çiqaruvçilarning qurilmalari bilan mos keladi va noutbuklarni ham quvvatlaş imkonini beradi.
Unda AVS, PD 3.2, QC 2.0 va PPS tezkor quvvatlaş protokollari qöllab-quvvatlanadi. Qurilma korpusiga örnatilgan raqamli displey orqali batareya holatini kuzatiş mumkin.
Içki kabeli ham bor
Yangi iQOO powerbankining yana bir muhim jihati — USB-C va USB-A ulagiçlariga ega örnatilgan örama kabel.
Kabel köp marta bukiliş va kundalik foydalanişga moslaştirilgan. Işlab çiqaruvçi uning tez çigallaşmasligini va taşiş uçun tasma sifatida ham işlatilişi mumkinligini qayd etgan.
Qöşimça portlar hisobiga powerbank bir vaqtning özida uçta qurilmani quvvatlay oladi.
Samolyot va tezyurar poyezdlarda olib yuriş mumkin
Qurilma Xitoyning yangi 3C sertifikatlaş talablaridan ötgan. Şu sababli uni samolyot va tezyurar poyezdlarda olib yurişga ruxsat beriladi.
iQOO yangi powerbankning Xitoydan taşqaridagi bozorlarga qaçon çiqarilişini hozirça ma’lum qilmagan.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Samsung Galaxy Claw smartfonda vazifalarni özi bajarişi haqida yozgan edi.