Qirğizistonda 2027-yildan polietilen paketlar taqiqlanadi

eʼlon qilindi
Taqiq butun mamlakat böyiça amal qiladi
Qirğizistonda 2027-yil 1-yanvardan polietilen paketlarni işlab çiqariş, sotiş va bepul tarqatiş taqiqlanadi.
Foto: Pexels

Qirğizistonda 2027-yil 1-yanvardan polietilen paketlarni işlab çiqariş, sotiş va bepul tarqatiş taqiqlanadi. Faqat yangi talablarga javob beradigan paketlardan foydalanişga ruxsat beriladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov Ton va Jeti-Ögüz tumanlari aholisi bilan uçraşuvda eslatib ötdi, deb xabar berdi Kaktus.media.

Taqiq avval Issiqkölda sinab körilgan

Qirğizistonda polietilen paketlardan voz keçiş jarayoni 2023-yilda boşlangan.

Öşa yili kurort hududi ekologiyasini himoya qiliş maqsadida Issiqköl viloyatida bunday paketlar savdosiga çeklovlar joriy etilgan edi. Biroq vaqt ötişi bilan mahalliy dökonlar yana odatiy polietilen paketlardan foydalanişga qaytgan.

Bu haqda Japarovga Boqonboyevo qişloğida ikki oy oldin qoğoz paketlar işlab çiqarişni yölga qöygan tadbirkor aytib bergan.

Tadbirkorning sözlariga köra, dastlabki ikki yil davomida çeklovlarga rioya qilingan, keyin esa polietilen paketlardan foydalaniş yana kengaygan.

Taqiq butun mamlakat böyiça amal qiladi

Japarov 2027-yil yanvaridan boşlab taqiq endi faqat ayrim hududlarda emas, butun Qirğiziston böyiça amal qilişini ta’kidlagan.

Prezident, şuningdek, qoğoz paketlar işlab çiqarayotgan tadbirkor bilan alohida uçraşiş va uning işlab çiqarişini rivojlantirişga yordam berişini bildirgan.

Yana qaysi mahsulotlar taqiqlanadi

Yangi çeklovlar faqat polietilen paketlarga taalluqli bölmaydi.

Qirğizistonda qayta işlab bölmaydigan plastik qahva kapsulalari, tuxum qadoqlari, oziq-ovqat uçun plastik setkalar va bir martalik idişlardan ham voz keçiş rejalaştirilgan.

Şu bilan birga, plastik butilkalar va oziq-ovqat konteynerlari savdoda qoladi.

Ular 2025-yil iyulida taqiqlanişi rejalaştirilgan mahsulotlar röyxatidan çiqarib taşlangan edi.

Avvalroq «Kursiv» Japarov saylovlar oldidan mamlakat janubida özbeklar va qirğizlar örtasida mojaro çiqariş rejalari muhokama qilinayotgani haqida ma’lumot olganini bildirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek