Samsung Galaxy S27 Ultra kameralarining yakuniy dizayni körsatildi

16-noyabr 2026 09:18 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S27 Ultra kameralarining yakuniy dizayni körsatildi
Foto: Ice Univerce

Samsung kompaniyasining kelajakdagi Samsung Galaxy S27 Ultra va Galaxy S27 Pro flagman smartfonlarida kameralar qanday joylaşişi haqida yangi ma’lumot paydo böldi. Bu haqda Gizmoçina naşri xabar berdi.

Kameralar alohida modullarda joylaşadi

Eskizda kameralar korpusning yuqori çap qismidagi börtib çiqqan maydonçaga joylaştirilgan. Ikki yirik kamera moduli vertikal tarzda çap tomonda, uçinçi kiçikroq modul esa öng tomonda joylaşgan. Uning tepasida LED çaqnagiç bor.

Natijada kamera blokida jami törtta dumaloq element körinadi.

Bu avvalgi sizdirilgan tasvirlardan farq qiladi. Ilgari uçinçi kamera va çaqnagiç bitta kapsulasimon blok içida joylaştirilişi mumkinligi aytilgan edi.

S27 Ultra va S27 Pro bir xil dizayn olişi mumkin

Ice Universe ma’lumotiga köra, Galaxy S27 Ultra va Galaxy S27 Pro kameralarining joylaşuvi bir xil böladi.

Galaxy S27 Pro Samsung flagmanlari qatoridagi yangi model bölişi kutilmoqda. U Galaxy S27+ va S27 Ultra örtasida joylaşişi mumkin.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, Pro versiya Ultra’dan ixçamroq böladi va S Pen stilusiga ega bölmaydi.

200 MP kamera kutilmoqda

Avvalgi sizdirilgan ma’lumotlarda Galaxy S27 Pro va Galaxy S27 Ultra yangi 200 megapikselli asosiy kamera sensori bilan jihozlanişi mumkinligi aytilgan.

Şu bilan birga, Galaxy S27 Ultra alohida 3 karra optik zumli telefoto kameradan voz keçişi mumkinligi haqida ham ma’lumotlar tarqalgan.

Hozirça Samsung uşbu texnik xususiyatlarni rasman tasdiqlamagan.

Avvalroq «Kursiv» Samsung Galaxy A18 boşqa bozorda yangi çip bilan sotuvga çiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek