Tungi klublarning 500 ga yaqin reklama roliklari Instagram’dan olib taşlandi

eʼlon qilindi
Jizzax şahridagi uşbu ikki tungi klub Instagram'da jami 120 mingdan ortiq obunaçilarga ega
Foto: Fanziz.com

Jizzax şahridagi ikki tungi klubning Instagram sahifalarida joylaştirilgan 500 ga yaqin reklama roliklari qonun talablariga zid deb topilib, olib taşlandi. Bu haqda Raqobat qömitasi ma’lum qildi.

Qömitaning Jizzax viloyati hududiy boşqarmasi joriy yil sentabr – oktabr oylarida şahar hududida faoliyat yuritayotgan tungi klublarning ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalarini örgangan.

500 ga yaqin roliklar örganildi

Tekşiruv «Jizzax leader food» mas’uliyati çeklangan jamiyat hamda «Aziz Boğişamol klub» mas’uliyati çeklangan jamiyatga qaraşli tungi klublarning Instagram sahifalarini qamrab olgan.

Raqobat qömitasiga köra, u yerda joylaştirilgan 500 ga yaqin videorolikda milliy va oilaviy an’analarga, şuningdek, jamiyatda qabul qilingan axloq hamda ma’naviyat me’yorlariga zid tasvir va obrazlardan foydalanilgan.

Holatlarga huquqiy baho beriş uçun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Jizzax viloyati bölimiga murojaat qilingan. Markaz xulosasiga köra, reklamalar «Reklama töğrisida»gi Qonunning 16-moddasi talablariga zid deb topilgan.

Reklamalar olib taşlandi

Örganiş yakunida har ikki tungi klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalaridan qonun talablariga zid deb topilgan reklama materiallari olib taşlangan. Qömitaga köra, bu sahifalarning jami 120 mingdan ortiq obunaçilari bor.

Raqobat qömitasi reklama beruvçi va tarqatuvçilarni reklama joylaştirişda qonun talablariga, milliy qadriyatlar va jamiyatda e’tirof etilgan axloq me’yorlariga rioya qilişga çaqirdi.

Avvalroq kredit reklamalarida moliyaviy xavf haqida ogohlantiriş majburiy bölişi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek