Banklar Husanovning jamoasini moliyalaştirişdan boş tortmoqda

eʼlon qilindi
Banklardan biri «Palmeiras» bilan kelişuvdan çiqdi
Foto: Mancity.com

Banklar Angliyaning «Mançester Siti» futbol klubi bilan boğliq transfer kelişuvlarini moliyalaştirişga ehtiyotkorlik bilan yondaşa boşladi. Bunga klubning moliyaviy qoidalarni buziş böyiça işi yuzasidan kutilayotgan sanksiyalar sabab bölmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Agentlik manbalariga köra, odatda «Mançester Siti»ga futbolçi sotadigan klublarga transfer pullarini oldindan oliş uçun kredit ajratadigan banklar hozirça yangi kelişuvlardan tiyilmoqda.

Ular Angliya Premyer-ligasi «Mançester Siti»ga qanday jazo qöllaşini kutmoqda.

Banklardan biri Palmeiras bilan kelişuvdan çiqdi

Germaniyaning Oldenburgische Landesbank banki «Mançester Siti»ning braziliyalik Allan Elias transferi bilan boğliq moliyalaştiriş kelişuvidan voz keçgan.

«Mançester Siti» yozgi transfer oynasida «Palmeiras»dan futbolçini 34 mln funtga sotib olgani xabar qilingan. Rejaga köra, bank «Palmeiras»ga transfer uçun kelişilgan mablağning bir qismini oldindan berişi, keyinçalik esa «Mançester Siti» tölaşi kerak bölgan summadan pulni qaytarib olişi lozim edi.

Bunday moliyalaştiriş usuli futbolçi sotgan klublarga transfer tölovlarini kutmasdan, mablağni tezroq oliş imkonini beradi. Biroq xaridor klub tölovlarni bajara olmasligi ehtimoli banklar uçun xavf tuğdiradi.

Mançester Siti’ga qanday jazo qöllanişi mumkin

Angliya Premyer-ligasi mustaqil komissiyasi sentabr oyida «Mançester Siti» moliyaviy qoidalarni buzganiga oid ayblovlarning 115 tasidan 114 tasi böyiça klubni aybdor deb topgan. Klub uşbu qaror ustidan apellyatsiya bergan.

Iş yakunida klubga katta miqdorda jarima yoki quyi divizionga tuşiriş kabi sanksiyalar qöllanişi mumkin. Hozirça yakuniy jazo belgilanmagan.

Bloomberg qayd etişiça, banklarning ehtiyotkorligi «Mançester Siti»ga futbolçi sotadigan klublarning transfer pullarini oldindan oliş imkoniyatini çeklaşi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Husanov britaniyaliklarni hayratda qoldirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek