Sizga ortiqça qoğozbozlik yoqmayaptimi. Yeçim topildi

eʼlon qilindi
Yakuniy bosqiçda kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi tasdiqlanadi
Davlat idorasidagi ortiqça talab böyiça qanday taklif yuboriladi
Foto: depositphotos

Özbekistonda fuqarolar va tadbirkorlar davlat organlaridagi ortiqça hujjat talablari, takroriy jarayonlar, köp bosqiçli kelişuvlar va boşqa byurokratik tösiqlar yuzasidan maxsus elektron platforma orqali taklif yuborişi mumkin.

Buning uçun murojaat.byurokratiyasiz2030.uz platformasidan foydalaniladi. Taşabbus 2026-yil 21-sentyabrdan 20-noyabrgaça davom etadi.

Muhim jihat: uşbu platforma şaxsiy şikoyat, ariza yoki alohida nizoni körib çiqiş uçun emas. Unda tizimli byurokratik muammo va uni bartaraf etiş böyiça amaliy taklif yuboriladi.

Platformaga kiring

Avvalo murojaat.byurokratiyasiz2030.uz saytiga kiring va tizimli byurokratik muammo böyiça taklif yuboriş şaklini oçing.

Platformada davlat xizmatlari, litsenziyalaş va ruxsat beriş jarayonlari, tadbirkorlik faoliyati, davlat organlari tomonidan körsatiladigan xizmatlar hamda boşqa ma’muriy jarayonlardagi ortiqça talablar yuzasidan takliflar qabul qilinadi.

Taklif yuborişdan oldin muammoni aniq ifodalaş, uning sababini körsatiş va amaliy yeçim taklif qiliş tavsiya etiladi.

Murojaat oçiq yoki anonim bölişini tanlang

Şaklning birinçi bölimida taklif qanday körib çiqilişini tanlaş kerak.

«Oçiq» variant tanlansa, ism va boşqa ma’lumotlar tegişli davlat organlari hamda ekspertlarga körsatilişi mumkin.

«Anonim» variant tanlansa, şaxsiy ma’lumotlar oşkor etilmaydi.

Özingiz haqingizdagi ma’lumotlarni kiriting

Keyingi bölimda murojaatçi toifasi tanlanadi. Agar jismoniy şaxs sifatida murojaat qilinsa, «Fuqaro» varianti belgilanadi. Agar taklif tadbirkorlik subyekti nomidan yuborilsa, «Tadbirkor» varianti tanlanadi.

Şundan söng F.I.Ş. yoki taşkilot nomi, telefon raqami, elektron poçta manzili va hudud körsatiladi.

Muammo qaysi davlat organi bilan boğliqligini körsating

«Byurokratik muammo» bölimida muammo qaysi davlat organi yoki taşkilot faoliyati bilan boğliq ekanini tanlaş kerak.

Keyingi maydonda aynan qaysi davlat xizmati yoki ma’muriy jarayon haqida gap ketayotgani yoziladi.

Masalan, qurilişga ruxsat oliş, litsenziya muddatini uzaytiriş, ma’lumotnoma oliş, hujjat topşiriş yoki boşqa ma’muriy jarayon körsatilişi mumkin.

Muammoni batafsil tuşuntiring

Eng muhim qism — muammoning aniq tavsifi.

Bu yerda qaysi talab, hujjat, kelişuv yoki jarayon ortiqça qiyinçilik tuğdirayotgani tuşuntirilişi kerak.

Masalan, bir xil ma’lumotni bir neça marta taqdim etiş talab qilinişi, boşqa davlat organida mavjud hujjatni fuqaroning özi olib kelişi, bir xizmat uçun bir neça idoraga alohida boriş zarurati yoki asossiz uzoq muddat kutiş kabi holatlar yozilişi mumkin.

Imkon qadar muammo qaçon, qaysi bosqiçda va qanday oqibatga olib kelayotgani aniq körsatilsa, taklifni baholaş osonlaşadi.

Muammoning oqibatini körsating

Keyingi bölimda mavjud tartib fuqaro yoki tadbirkorga qanday salbiy ta’sir körsatayotgani belgilanadi.

Bu ortiqça vaqt sarfi, qöşimça xarajat, idoraga qayta-qayta boriş yoki ortiqça hujjat yiğişga majbur böliş bilan boğliq bölişi mumkin.

Agar mavjud variantlar muammoga mos kelmasa, «Boşqa» bandi orqali qöşimça izoh beriş mumkin.

Amaliy yeçim taklif qiling

Platforma faqat muammoni körsatişni emas, uni qanday bartaraf etiş mumkinligini ham yozişni söraydi.

Taklifda qaysi talabni bekor qiliş, qaysi jarayonni soddalaştiriş, idoralararo ma’lumot almaşinuvini yölga qöyiş yoki xizmatni töliq raqamlaştiriş mumkinligi körsatiladi.

Masalan, davlat organida allaqaçon mavjud bölgan ma’lumotni fuqarodan qayta talab qilmaslik, ayrim bosqiçlarni birlaştiriş, arizani onlayn topşiriş imkonini yaratiş yoki körib çiqiş muddatini qisqartiriş taklif qilinişi mumkin.

Taklif amalga oşsa qanday natija bölişini yozing

Keyingi maydonda taklifning kutilayotgan natijasi körsatiladi.

Bu vaqt tejalişi, xarajat kamayişi, davlat xizmatining şaffoflaşişi, idoraga borişlar sonining qisqarişi yoki xizmat körsatiş tezlaşişi bölişi mumkin.

Natijani imkon qadar aniq va amaliy şaklda yoziş tavsiya etiladi.

Dalillarni ilova qiling

Agar mavjud bölsa, muammoni tasdiqlovçi fayllarni ham yuklaş mumkin.

Platforma skrinşot, foto, PDF, DOCX, video va boşqa fayllarni qabul qiladi. Yuklanadigan fayl hajmi 25 MBgaça bölişi mumkin.

Dalillar taklifning asoslanganligini körsatişga yordam beradi.

Ma’lumotlarni tasdiqlab, taklifni yuboring

Yakuniy bosqiçda kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi tasdiqlanadi.

Şuningdek, foydalanuvçi platforma şaxsiy ariza yoki şikoyatlarni emas, balki tizimli byurokratik jarayonlarni soddalaştirişga qaratilgan takliflarni körib çiqişi bilan tanişganini tasdiqlaydi.

Şundan söng «Taklifni yuboriş» tugmasini bosiş mumkin. Kelib tuşgan takliflar soha ekspertlari tomonidan örganiladi.

Eng asoslangan va amaliy ahamiyatga ega takliflar «Byurokratiyani bartaraf etish — 2030» taşabbusi doirasida davlat boşqaruvini soddalaştiriş, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillaştiriş va davlat xizmatlarini raqamlaştiriş böyiça çoralar işlab çiqişda inobatga olinişi mumkin.

Taşabbus yakunida eng dolzarb byurokratik jarayonlarni qisqartiriş va fuqarolar hamda tadbirkorlar uçun davlat xizmatlaridan foydalanişni yengillaştiriş böyiça takliflar şakllantiriladi.

Avvalroq «Kursiv» 783 ta davlat xizmatlarida «nol byurokratiya» tamoyili joriy etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek