Pragada ikki poyezd töqnaşdi, önlab odam jarohatlandi

Çexiya poytaxti Pragada ikki yölovçi poyezdi töqnaşib ketdi. Hodisa oqibatida önlab odam jarohatlandi, ulardan ayrimlarining ahvoli oğir. Bu haqda Expats.cz favqulodda xizmatlar ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Hodisa 17-noyabr kuni ertalab soat 7:00 atrofida Praga-3 hududidagi Seifertova köçasi ustidan ötuvçi temiryöl köprigida sodir bölgan.
Favqulodda xizmatlar ma’lumotiga köra, töqnaşuv vaqtida ikkala poyezd ham past tezlikda harakatlangan.
Bir neça kişining ahvoli oğir
Jarohatlarning aksariyati yengil deb baholangan. Biroq Praga tez tibbiy yordam xizmati vakili Karel Kirs bir neça kişida hayotiy funksiyalarga xavf tuğdiruvçi oğir jarohatlar qayd etilganini ma’lum qildi.
Ular Pragadagi şifoxonalarga olib ketilgan.
Všechny složky IZS zasahují u srážky dvou vlaků u Hlavního nádraží na přemostění se Seifertovou ulicí v Praze 3. Na místě je několik zraněných osob. https://t.co/33NUSn7zjI
— Policie ČR (@PolicieCZ) November 17, 2026
Hodisa joyiga önta tez yordam brigadasi, şuningdek, şifokorlar boşçiligidagi törtta maxsus guruh va evakuatsiya avtomobili yuborilgan.
Öt öçiruvçilar ikkinçi darajali favqulodda holat rejimini e’lon qilgan. Ularning asosiy vazifasi jarohatlanganlarni körikdan ötkaziş va ularni ahvolining oğirligiga qarab saralaş bölgan.
Praga yonğin xizmati vakili Miroslav Rjezaç töqnaşuv köplab odamlar jarohatlanganiga qaramay, kuçli vayronagarçilikka olib kelmaganini bildirgan.
Hozirça jarohatlanganlarning yakuniy soni va hodisa sababi aniqlanmagan.
Poyezd qatnovi çeklangan
Töqnaşuvdan keyin Praha hlavní nádraží markaziy vokzali bilan Praha-Vysočany va Praha-Libeň yönalişlari örtasidagi qatnov vaqtinça töxtatilgan.
Praha-Holešovice yönalişidagi qatnovga ham çeklovlar joriy etilgan.
Ayrim poyezdlar markaziy vokzal örniga Libeň yoki Vysočany stansiyalaridan qatnay boşlagan. Ba’zi uzoq masofali poyezdlar esa Pragadagi boşqa stansiyalarga yönaltirilgan.
Çexiya temiryöllari — ČD dastlab harakatdagi uzilişlar soat 11:00 gaça davom etişini bildirgan, biroq bu vaqt taxminiy ekani qayd etilgan.
Yölovçilar jamoat transportidan foydalanişi mumkin
ČD çiptalariga ega yölovçilarga ayrim metro, tramvay va avtobus yönalişlaridan foydalanişga ruxsat berilgan.
Xususan, Vysočanská–Náměstí Republiky oraliğidagi B metro liniyasi, Nádraží Holešovice–Hlavní nádraží oraliğidagi C liniyasi hamda ayrim tramvay va avtobus yönalişlari muqobil transport sifatida işlatilmoqda.
Şuningdek, ayrim Svitava va Slovácký expres poyezdlari markaziy vokzal örniga Praha-Holešovice stansiyasiga yönaltirilgan. Ba’zi Vysočina va Krakonoš reyslari ham boşqa stansiyalardan qatnamoqda.
Favqulodda xizmatlar va temiryöl operatorlari yangi ma’lumotlarni e’lon qilişi bilan hodisa tafsilotlari yangilanişi mumkin.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Ispaniyadagi poyezd halokatida 10 davlat fuqarolari bedarak yöqolgani haqida yozgan edi.