Qirğiz amaldorlarga qöşimça daromad olişga ruxsat berildi

Qirğiz Respublikasida siyosiy va maxsus davlat lavozimlarini, şuningdek, siyosiy munitsipal lavozimlarni egallagan amaldorlar ayrim şartlar asosida qöşimça haq tölanuvçi faoliyat bilan şuğullanişi mumkin. Tegişli farmonni prezident Sadir Japarov imzoladi. Bu haqda 24.kg axborot agentligi xabar berdi.
Qanday faoliyat bilan şuğullaniş mumkin?
Yangi tartibga köra, amaldorlar quyidagi öz kasbiy yönalişlar bilan şuğullanişi va buning uçun qöşimça haq olişi mumkin:
- ta’lim beriş;
- ekspertlik;
- ilmiy faoliyat;
- ijodiy faoliyat
Biroq buning uçun amaldorni lavozimga tayinlagan şaxs bilan oldindan kelişuv zarur. Qöşimça iş uning asosiy xizmat vazifalari sifati va hajmiga ta’sir qilmasligi, şuningdek, manfaatlar töqnaşuvini yuzaga keltirmasligi kerak.
Ta’til böyicha ham yangi qoida joriy etildi
Farmon bilan amaldorlarning ta’tiliga oid tartib ham özgardi. Endi xizmatchini uning roziligisiz ta’tildan muddatidan oldin çaqirib olish mumkin emas. Rozilik telefon, raqamli aloqa vositalari yoki boşqa usullar orqali olinishi mumkin. Foydalanilmagan ta’til kunlari uçun esa tegişli kompensatsiya tölanadi.
Bundan taşqari, amaldorlarga soğliqni saqlaş, ta’lim, xayriya va volontyorlik sohalarida faoliyat yurituvçi jamoat birlaşmalari tarkibida ijtimoiy foydali faoliyat bilan şuğullaniş huquqi ham berildi.
Şuningdek, ularning notijorat taşkilotlaridagi vasiylik va kuzatuv kengashlarida iştirok etişi qonunçilik, xalqaro şartnomalar yoki prezident yoxud Vazirlar Mahkamasi raisi — Prezident administratsiyasi rahbari bilan kelişuv asosida amalga oşirilişi mumkin.
Avvalroq Qirğizistonda 2027-yildan polietilen paketlar taqiqlanayotgani haqida xabar berilgan edi.