S&P Global Ratings Kapitalbank reytingini Özbekistonning suveren reytingi darajasiga oşirdi

eʼlon qilindi
Uzoq muddatli kredit reytingini
Foto: Kapitalbank

Xalqaro reyting agentligi S&P Global Ratings Kapitalbankʼning uzoq muddatli kredit reytingini «BB-» darajasidan «BB» darajasiga oşirdi hamda qisqa muddatli kredit reytingini «B» darajasida tasdiqladi. Reyting böyiça prognoz «Barqaror» etib belgilandi.

Şu tariqa Kapitalbankʼning kreditga layoqatliligi Özbekiston Respublikasining suveren kredit reytingiga teng darajada baholandi.

Reytingning oşirilişi Kapitalbankʼning moliyaviy mavqei mustahkamlanayotgani, kapital bazasi kengayayotgani va kredit portfeli izçil diversifikatsiya qilinayotganini, şu bilan birga, aktivlar sifati Özbekiston bank sektori böyiça örtaça körsatkiçlardan yuqori darajada saqlanayotganini aks ettiradi.

S&P Global Ratings qaroriga taʼsir körsatgan asosiy omillardan biri bankning kapital pozitsiyasi mustahkamlanganidir. Bankning risklarga moslaştirilgan kapital koeffitsiyenti (RAC) 10,8 foizga yetdi. Agentlik prognoziga köra, kreditlaşning mötadil surʼatlarda ösişi va olingan foydaning töliq kapitalizatsiya qilinişi hisobiga kelgusi yillarda uşbu körsatkiç 11–13 foizni taşkil etadi.

Agentlik tahlilçilari Kapitalbank kredit portfelining diversifikatsiya qilinişini ham ijobiy baholamoqda. Bank korporativ mijozlar hamda kiçik va örta biznes subyektlarini moliyalaştiriş hajmini izçil kengaytirib, bir vaqtning özida kredit portfelida avtokreditlaş segmentining uluşini bosqiçma-bosqiç kamaytirmoqda.

S&P Global Ratings baholaş jarayonida aktivlar sifatiga ham alohida eʼtibor qaratgan. Kapitalbankning muammoli kreditlari (Stage 3) uluşi qariyb 5 foiz darajasida saqlanib qolmoqda. Bu agentlik tomonidan 7,5–8,5 foiz deb baholangan Özbekiston bank tizimidagi örtaça körsatkiçdan sezilarli darajada past. Samarali skoring modellari, kreditlar böyiça tegişli garov taʼminoti hamda risklarni boşqariş tizimining takomillaştirilişi kredit portfeli sifatini saqlab qolişga xizmat qilmoqda.

Agentlik Kapitalbank biznes-modelining qöşimça ustunligi sifatida uning Uzum ekotizimiga integratsiyalaşganini qayd etadi. Bu mijozlar bazasini kengaytiriş va moliyaviy mahsulotlarning özaro savdosini (cross-selling) rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi. Şu bilan birga, S&P Global Ratings bankning moliyaviy va operatsion mustaqilligini, şuningdek, öz moliyalaştiriş bazasining barqarorligini taʼkidlaydi.

«Kapitalbank Özbekistonda xorijiy kapital iştirokisiz faoliyat yurituvçi xususiy banklar orasida mamlakatning suveren kredit reytingi darajasiga erişgan birinçi bank böldi. Bu milliy xususiy kapital salohiyati hamda mahalliy moliya institutlarining xalqaro miqyosda raqobatlaşa oliş qobiliyatini tasdiqlovçi muhim yutuqdir.

Uşbu natija zamirida uzoq muddatli strategiyaning izçil amalga oşirilişi, moliyaviy pozitsiyalarning mustahkamlanişi va risklarni boşqariş tizimining takomillaştirilişi turibdi.

Biz uçun erişilgan reyting yakuniy maqsad emas, balki kelgusi rivojlaniş uçun mustahkam asosdir. U xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, xorijiy kapital bozorlariga çiqiş hamda Bankning barqaror ösişini taʼminlaş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi», — dedi «Kapitalbank» ATB Boşqaruv raisining birinçi örinbosari Sardor Ismoilov.

Agentlik tomonidan belgilangan «Barqaror» prognozi kelgusi yillarda Kapitalbank barqaror moliyaviy natijalarni, yuqori operatsion samaradorlikni va mustahkam kapital pozitsiyasini saqlab qolişi kutilayotganini aks ettiradi.

Eslatib ötamiz, 2026-yil iyul oyida S&P Global Ratings Kapitalbankning kredit reytinglari böyiça prognozini «Barqaror»dan «Ijobiy»ga özgartirgan edi. Öşanda agentlik bankning kapital pozitsiyasi mustahkamlangani, kredit portfeli diversifikatsiya qilinayotgani va aktivlar sifati yuqori darajada ekanini qayd etgan. Reytingning navbatdagi oşirilişi xalqaro agentlik tomonidan bankning moliyaviy rivojlanişiga berilayotgan ijobiy bahoning keyingi bosqiçi böldi.

Shuningdek