Toşkentda qarovsiz hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölmoqda

eʼlon qilindi
Nobud bölgan hayvonlar va quşlar yiğiştirib olinmoqda
Toşkentda qarovsiz hayvonlar va quşlarning ommaviy nobud bölişi kuzatildi
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Toşkent şahrining Uçtepa tumani Çilonzor-26 mavzesida qarovsiz hayvonlar va quşlarning ommaviy nobud bölayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Aholi bunga qasddan zaharlaş sabab bölgan bölişi mumkinligini bildirmoqda. Tuman hokimligi holat yuzasidan tekşiruv işlari boşlanganini ma’lum qildi.

Nobud bölgan hayvonlar va quşlar yiğiştirib olinmoqda

Uçtepa tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan çuqur afsus bildirdi va hayvonlarga nisbatan şafqatsizlik holatlarini qoraladi.

Hokimlik ma’lumotiga köra, vaziyat nazoratga olingan. Mas’ul xizmatlar bilan birgalikda hodisa tafsilotlari qayd etilib, hudud közdan keçirilmoqda. Nobud bölgan hayvonlar va quşlarni yiğiştirib oliş işlari ham taşkil etilmoqda.

Zaharli moddalar ehtimoli tekşiriladi

Hayvonlar va quşlarning ölimi sabablarini aniqlaş uçun vakolatli xizmatlar hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar jalb etiladi. Agar qonunga xilof harakatlar sodir etilgani tasdiqlansa, aybdorlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Hokimlik zaharli moddalar qöllangan bölişi ehtimoli odamlar va uy hayvonlari uçun ham xavf tuğdirişi mumkinligini ta’kidladi.

Şu sababli fuqarolarga şubhali moddalarga qöl tekkizmaslik, bolalar va uy hayvonlarini ularga yaqinlaştirmaslik tavsiya etildi.

Aholidan ma’lumot söraldi

Uçtepa tumani hokimligi fuqarolardan nobud bölgan hayvonlar topilgan aniq manzillar va hodisa tafsilotlarini aniqlaşga yordam beradigan boşqa ma’lumotlarni taqdim etişni söradi.

Hokimlik barça holatlarga oydinlik kiritilguniga qadar vaziyatni nazorat qilişda davom etişini bildirdi.

Avvalroq Qozoğistonning Manğistau viloyatida, Kaspiy dengizi sohilidagi Bautino qişloği yaqinidan 10 – 12 ta ölik tyulen topigandi.

Shuningdek