Turkiyada özbekistonlik fuqaro qurolli hujumda gumonlanib qölga olindi

eʼlon qilindi
Gumonlanuvçilar 72 soatlik videoyozuvlar orqali aniqlandi
Foto: iHA

Turkiyaning Antaliya viloyati Manavgat tumanida niqob taqqan ikki kişi avtomobil haydovçisiga qarata öq uzdi. Hujumda gumonlanganlardan biri Özbekiston fuqarosi ekani aniqlandi. Ikki gumonlanuvçi ham qölga olinib, qamoqqa yuborildi. Bu haqda Antalya Ekspres naşri xabar berdi.

Hodisa Manavgat tumanining Ilica mahallasidagi Zeytinlik hududida sodir bölgan. A.E.K. ismli haydovçi telefonda gaplaşiş uçun avtomobilini yöl çetiga töxtatgan. Şu payt uning yoniga mototsiklda niqob taqqan ikki kişi kelib, maşinadan tuşişini talab qilgan.

Ulardan şubhalangan haydovçi avtomobildan tuşmagan va orqaga harakatlanib, voqea joyidan ketişga uringan. Biroq mototsikldagi şaxslar uning avtomobiliga orqadan qarata öq uzgan. Haydovçi 112 tezkor xizmatiga xabar berganidan söng voqea joyiga jandarmalar yetib kelgan.

Gumonlanuvçilar 72 soatlik videoyozuvlar orqali aniqlandi

Manavgat tumani jandarmiya qömondonligi va JASAT maxsus guruhi gumonlanuvçilarni aniqlaş uçun 30 ta uy va savdo obyektidagi kuzatuv kameralarining 72 soatlik yozuvlarini tekşirgan.

Natijada hujumni sodir etganlikda gumonlangan Özbekiston fuqarosi aniqlanib, qisqa vaqt içida qölga olingan.

Ularga jamoat xavfsizligiga tahdid soliş, mulkka zarar yetkaziş, qurol bilan qasddan tan jarohati yetkazişga uriniş, haqorat qiliş va noqonuniy qurol saqlaş bilan boğliq moddalar böyiça iş oçilgan.

Manavgat sulh jinoiy sudyasi ikki gumonlanuvçini ham hibsga oliş töğrisida qaror çiqargan. Ular Manavgat S tipidagi yopiq qamoqxonaga joylaştirilgan.

Hujum lahzalari kameraga tuşib qolgan

Hodisa kuzatuv kameralari tomonidan ham qayd etilgan. Yozuvlarda mototsiklda ketayotgan ikki şaxs avtomobilni körib, ortga qaytgani, uning yoniga kelib töxtagani va haydovçi qoçişga uringanida öq uzgani aks etgan. Şundan söng gumonlanuvçilar mototsiklga minib, voqea joyidan qoçib ketgan.

Avvalroq Özbekiston huquq-tartibot idoralari 2014-yildan buyon qidiruvda bölgan fuqaroni AQŞdan mamlakatga qaytargandi.

Shuningdek