18-noyabr kuni Toşkentda harbiylarning bayroq bilan piyoda yurişi ötkaziladi

eʼlon qilindi
Harbiylarning tantanali piyoda yurişi «Ğalaba boği»dan boşlanib «Xalqlar döstligi» san’at saroyi maydoniga yetib boradi
Foto: Farğona viloyati IIB instagram sahifasi

Özbekiston Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan 2026-yil 18-noyabr kuni Toşkentning asosiy köçalarida harbiy bölinmalarning Davlat bayroği bilan namoyişkorona piyoda yurişi ötkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi Qorovul qöşinlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiya harbiy bölinmalari iştirok etadi.

Yuriş «Ğalaba boği»dan boşlanadi

Harbiy bölinmalarning piyoda yurişi soat 11:00 da «Ğalaba boği» yodgorlik majmuasida körgazmali çiqişlar bilan boşlanadi.

Şundan söng harbiylar Sağbon va Zarqaynar köçalari orqali Özbekiston davlat tabiat muzeyi, «Çorsu» bozori, Toşkent sirki, Özbekiston şohköçasi hamda Furqat köçasi böylab harakatlanib, «Xalqlar döstligi» san’at saroyi maydoniga yetib boradi.

«Xalqlar döstligi» maydonida körgazmali çiqişlar böladi

«Xalqlar döstligi» san’at saroyi maydonida harbiy xizmatçilarning mahorati va jangovar şayligini namoyiş etuvçi dastur ötkaziladi. Unda Faxriy qorovul jamoasi va qöl jangi ustalarining çiqişlari, harbiy bölinmalarning jangovar çaqiriği hamda harbiy orkestrning tantanavor defile namoyişlari rejalaştirilgan.

Avvalroq poytaxtda Davlat bayroği kuni munosabati bilan bir qator tadbirlar ötkazilişi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek