Braziliyada sivilizatsiyadan uzilgan qabila oziq-ovqat sörab odamlar oldiga çiqdi

eʼlon qilindi
Qabila ança yillardan beri ixtiyoriy ravişda yakkalanib yaşa
Foto: Reuters

Braziliyaning Amazon örmonlarida taşqi dunyo bilan aloqasiz yaşab kelayotgan Aşa qabilasining qariyb 20 nafar vakili oziq-ovqat sörab yaqin atrofdagi qişloqqa bordi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

16-noyabr kuni Braziliyaning şimoli-şarqidagi Maranyan ştatida joylaşgan Arariboia hududida noodatiy voqea yuz bergan. Önlab yillardan beri ixtiyoriy ravişda yakkalanib yaşayotgan Aşa qabilasi vakillari Guajajara xalqiga tegişli Taşari qişloği yaqinidagi hukumat nazorat punktiga kelgan.

Survival International xalqaro taşkiloti ma’lumotiga köra, qabila a’zolari mahalliy aholidan oziq-ovqat söragan. Ularga batat – şirin kartoşka berilgan, şundan söng ular mahsulotlarni olib yana örmonga qaytgan.

Uçraşuv Guajajara xalqi vakillari tomonidan videoga olingan. Tasvirlarda erkaklar, ayollar va bolalar, ayrim erkaklarning esa kamon va öq kötarib yurgani aks etgan.

Qabilaning ahvoli xavotir uyğotdi

Mahalliy mahalliy xalqlar taşkilotlari ayrim qabila a’zolari, ayniqsa, bolalar va keksalarning jismoniy holatidan xavotir bildirgan. Ularning körinişi oziq-ovqat yetişmovçiligi ehtimolini yuzaga keltirgan.

Aşa xalqi an’anaviy ravişda ovçilik va termaçilik orqali kun keçiradi. Biroq sönggi yillarda noqonuniy daraxt kesiş, ovçilik va çorvaçilik bilan şuğullanuvçilarning hududga kirib kelişi ularning yaşaş muhitiga bosimni kuçaytirgan.

Rasmiylar qabila bilan aloqani çeklaş çoralarini körmoqda

Braziliyaning mahalliy xalqlar masalalari böyiça milliy jamğarmasi – Funai vaziyatni kuzatmoqda. Taşkilot mutaxassislari va mahalliy soğliqni saqlaş xodimlari qabila vakillarining ahvolini örganmoqda. Şuningdek, ehtimoliy aloqa holatlari va soğliq uçun xavflarni baholaş maqsadida favqulodda çoralar rejasi işga tuşirilgan.

Taşqi dunyo bilan uzoq vaqt aloqada bölmagan xalqlar ayrim yuqumli kasalliklarga nisbatan immunitetga ega bölmasligi mumkin. Şu sababli ular bilan nazoratsiz aloqa örnatiş jiddiy xavf tuğdiradi.

Braziliya hukumati siyosati bunday jamoalarning ixtiyoriy yakkalanib yaşaş huquqini hurmat qilişga asoslangan. Qabilaning qisqa muddatga odamlar oldiga çiqişi ularning doimiy aloqaga kirişişga qaror qilganini anglatmaydi.

Avvalroq Yer yuzidagi 8,25 milliardga yaqin aholining yarmidan köproği atigi yetti davlat hududida yaşaşi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek