Dunyoda har 4 ösmirdan biri yetarliça harakat qilmaydi — JSST

eʼlon qilindi
5 – 17 yoşdagi bolalar va ösmirlar kuniga kamida 60 daqiqa jismoniy harakatda bölişi tavsiya etiladi
Foto: depositphotos.com

Dunyoda 11 – 17 yoşdagi qariyb 240 mln ösmir, ya’ni har 4 nafaridan biri, sörov ötkazilgan haftaning biror kunida ham kamida 60 daqiqa jismoniy faol bölmagan. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lum qildi.

Sörov 140 mamlakatda ötkazilgan

Tahlil 140 mamlakat va hududda ötkazilgan 389 ta sörov natijalariga asoslangan bölib, unda 3,2 mln dan ortiq ösmir qatnaşgan.

Taşkilot ma’lumotiga köra, ösmirlar haftasiga örtaça 2,7 kun yetarli darajada faol bölgan. Haftaning barça yetti kunida kamida 60 daqiqa faol bölganlar uluşi esa atigi 14 foizini taşkil etgan.

Qizlar oğil bolalarga qaraganda kamroq faol

Hisobotda qizlar va öğil bolalar örtasidagi farq ham katta ekani qayd etilgan. Qizlarning 28 foizida bir hafta davomida biror kun ham yetarli jismoniy faollik kuzatilmagan, oğil bolalarda esa bu körsatkiç 22 foizni taşkil etgan. Har kuni faol jismoniy harakatdagilar uluşi qizlarda 11 foiz, oğil bolalarda 17 foiz bölgan.

Ösmirlarning jismoniy faollik darajasi 2010-yildan beri deyarli özgarmagan va hozirça heç bir davlatda 2030-yilgaça jismoniy faolsizlikni 15 foizga kamaytiriş böyiça harakatlar yölga qöyilmagan.

Ösmir kuniga qança harakat qilişi kerak?

5 – 17 yoşdagi bolalar va ösmirlarga kuniga kamida 60 daqiqa örtaça yoki yuqori intensivlikdagi jismoniy faollikni tavsiya qilinadi.

Faollikning asosiy qismini aerob harakatlar taşkil etişi, haftasiga kamida 3 kun esa muşak va suyaklarni mustahkamlovçi maşqlar bajarilişi kerak.

Nega bu Özbekiston uçun muhim?

Özbekistonda ham bolalar va ösmirlarning kundalik faolligi masalasi dolzarb, çunki maktabdagi öqiş, uy vazifalari, telefon va kompyuter qarşisida uzoq vaqt ötkaziş jismoniy harakat vaqtini qisqartirişi mumkin.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga köra, muntazam jismoniy faollik bolalar va ösmirlarda yurak-qon tomir tizimi, suyak va muşaklar rivojlantiradi, şuningdek, fikrlaş, öqiş qobiliyati va ruhiy salomatlikka ijobiy ta’sir körsatadi.

Şu bois 5 – 17 yoşdagi bolalar va ösmirlar kuniga kamida 60 daqiqa örtaça yoki yuqori intensivlikdagi jismoniy faollik bilan şuğullanişi tavsiya etiladi.

Avvalroq Özbekistonda sil kasalligidan ölim darajasi 2015-yildan buyon 78% ga kamaygani haqida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lum qilinganini xabar bergan edik.

Shuningdek