Insoniyat Oyda 187 tonna çiqindi qoldirdi: ularni kim tozalaydi

Insoniyat 1959-yildan beri Oyga amalga oşirgan 140 dan ortiq kosmik missiyasi davomida uning yuzasida qariyb 187 ming kilogramm, ya’ni 187 tonna material qoldirdi. Bu taxminan Boeing 747 samolyotining oğirligiga teng. Ular orasida işlatilgan qöniş modullari, kosmik apparatlar, roverlar, ilmiy uskunalar va hatto astronavtlarning çiqindilari ham bor. Biroq bu buyumlarning barçasini Oydan olib çiqiş rejalaştirilmagan. Ayrimlarini kelajakda qayta işlatiş imkoniyati ham körib çiqilmoqda. Bu haqda Popular Science naşri yozdi.
Oy yuzasidagi insoniyat izlari 1959-yilda Sovet Ittifoqining «Luna-2» apparati u yerga qulaganidan boşlangan. Şundan buyon turli davlatlar va xususiy kompaniyalar Oyga 140 dan ortiq missiya yuborgan. Ularning bir qismi muvaffaqiyatli qöngan, boşqalari esa Oy yuzasiga urilib, özidan texnik qoldiqlar qoldirgan.
Oyda nimalar qolib ketgan
Oy yuzasidagi çiqindilarning katta qismini avvalgi missiyalardan qolgan qöniş uskunalari taşkil etadi. Masalan, NASAning «Apollon» dasturi doirasida astronavtlarni Oyga olib tuşgan modulning quyi qismi u yerda qoldirilgan. Uning yuqori qismi esa astronavtlar bilan birga Oy orbitasiga qaytib, Yerga uçgan.
Bundan taşqari, Oy yuzasida turli davrlarda işlatilgan yoki işdan çiqqan roverlar ham bor. Ular orasida Xitoyning «Yutu» apparati va Birlaşgan Arab Amirliklarining «Raşid» roveri ham mavjud.
Qoldiqlar röyxatiga ilmiy asboblar, asbob-uskunalar qutilari, maxsus zondlar va kosmik missiyalar davomida taşlab ketilgan buyumlar ham kiradi.
1969-yilda Oyga ilk bor qadam qöygan astronavtlar ham u yerda bir qator narsalarni qoldirgan. Jumladan, oziq-ovqat qadoqlari, işlatilgan jihozlar va inson çiqindilari solingan paketlar. Buning sababi astronavtlarning Yerga qaytişida kosmik kemaning oğirligini kamaytiriş bölgan.
Oyda qolgan çiqindilar yöqolib ketmaydi
Yerda çiqindilar şamol, yomğir va boşqa tabiiy jarayonlar ta’sirida yemiriladi. Oyda esa bunday şaroit yöq. Şu sababli u yerda qoldirilgan buyumlar uzoq vaqt saqlanib qolişi mumkin.
Biroq bu ular özgarmaydi degani emas. Oy yuzasi doimiy ravişda mikrometeoritlar zarbasi, kuçli radiatsiya, quyoş nuri va keskin harorat özgarişlariga duç keladi. Bu omillar vaqt ötişi bilan kosmik apparatlar va boşqa buyumlarni yemiradi.
Masalan, 1969-yilda Nil Armstrong va Bazz Oldrin Oyga örnatgan AQŞ bayroği quyoş nuri ta’sirida rangini yöqotib, deyarli oq tusga kirgan bölişi mumkin.
Çiqindilarni olib çiqiş örniga qayta işlatiş mumkinmi
Yevropa kosmik agentligi (ESA) mutaxassislari Oyda qolgan ayrim materiallardan kelajakdagi missiyalarda foydalaniş imkoniyatlarini örganmoqda.
Xususan, eski kosmik apparatlar tarkibidagi alyuminiyni quyoş nurlarini jamlaş orqali eritiş va undan yangi buyumlar tayyorlaş mumkinligi muhokama qilinmoqda. Şuningdek, Oy yuzasida qolgan materiallardan 3D-printer yordamida yangi konstruksiyalar yaratiş böyiça loyihalar ham bor.
Bunday yondaşuv kelajakdagi missiyalar uçun Yerda işlab çiqarilgan barça materiallarni qaytadan Oyga olib boriş zaruratini kamaytirişi mumkin. Biroq qayta işlaşda Oy çangi bilan ifloslangan materiallar va ularning texnik xususiyatlarini ham hisobga oliş kerak.
Ayrim buyumlar esa çiqindi emas, balki insoniyat tarixining bir qismi sifatida qaraladi. Xususan, «Apollon» missiyalaridan qolgan uskunalar va tarixiy obyektlarni saqlab qoliş masalasi muhim hisoblanadi.
Kelajakda Oy çiqindilari köpayişi mumkin
NASA va Xitoy yaqin yillarda Oyga yangi boşqariladigan missiyalar yuborişni rejalaştirmoqda. Bu esa uning yuzasida inson yaratgan obyektlar soni yana ortişini anglatadi.
Yevropa kosmik agentligi mutaxassisi Aidan Kouli fikriça, kelajakdagi missiyalarda qayta foydalaniş mumkin bölgan kosmik kemalarga köproq e’tibor qaratilişi mumkin. Masalan, Oyga qöngan modul butunligiça yana uçib ketişi uçun loyihalanadi.
Şu bilan birga, Oyda çiqindilarni boşqariş böyiça xalqaro muvofiqlaştiriş zarurati ham ortmoqda. BMTning Kosmosdan tinç maqsadlarda foydalaniş qömitasiga taqdim etilgan hujjatlarda Oy yuzasidagi işlatilmayotgan apparatlar, qöniş modullari va boşqa qoldiqlarni kamaytiriş strategiyalarini işlab çiqiş muhimligi qayd etilgan.
Hozirça Oy yuzasidagi barça çiqindilarni yiğib, Yerga olib keliş böyiça aniq reja yöq. Ayrimlari tarixiy yodgorlik sifatida qoladi, boşqalari esa kelajakdagi kosmik tadqiqotlar uçun xomaşyo yoki ilmiy namuna bölişi mumkin.
Avvalroq NASA Oyda quriladigan bazada yaşaş va işlaş uçun yangi astronavtlar guruhini tanlayotgani haqida xabar berilgandi.