Özbekistonda 10 oyda 3 tonnadan ortiq narkotik musodara qilindi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar – oktabr oylarida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuçli ta’sir qiluvçi moddalar noqonuniy muomalasi bilan boğliq 14 268 ta jinoyat aniqlandi. Şu davrda huquqni muhofazalovçi organlar 3 tonna 116 kg taqiqlangan moddalarni musodara etdi. Bu haqda Narkotiklar va öqotar qurollarni nazorat qiliş agentligi ma’lum qildi.
Agentlik axborot xizmati taqdim etgan ma’lumotlarga köra, hisobot davrida yana 1 585 ta ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan. Jinoyatlarning asosiy qismi narkotik moddalarni sotiş, şaxsiy iste’mol uçun saqlaş, taqiqlangan ösimliklarni yetiştiriş, kuçli ta’sir qiluvçi moddalar savdosi va kontrabanda bilan boğliq.
Musodara qilingan moddalarning asosiy qismini gaşiş taşkil etdi
Ön oy davomida noqonuniy muomaladan olingan 3 tonna 116 kg moddaning tarkibi quyidagiça:
- 1 532 kg – gaşiş;
- 545,9 kg – marixuana;
- 445,3 kg – opiy;
- 345,8 kg – kuçli ta’sir qiluvçi moddalar;
- 93,8 kg – sintetik narkotiklar;
- 153 kg – boşqa moddalar.
22 ta yaşirin narkolaboratoriya aniqlangan
Hisobot davrida mamlakat hududida 22 ta noqonuniy narkolaboratoriya foş etildi. Ulardan 62 kg giyohvandlik va kuçli ta’sir qiluvçi moddalar, şuningdek, 1 tonna 242 kg prekursorlar olib qöyildi. Laboratoriyalar faoliyatiga aloqador 53 nafar şaxs qölga olindi.
2 mingdan ortiq Telegram-resurs bloklandi
Narkotiklarning internet orqali tarqatilişiga qarşi kuraş doirasida 20 ta onlayn narkodökon faoliyati töxtatildi. Şuningdek, umumiy auditoriyasi qariyb 665 ming obunaçini taşkil etgan 2 068 ta Telegram-bot, kanal, guruh va çat bloklandi.
Ön oy davomida narkojinoyatlar uçun 9 519 nafar şaxs javobgarlikka tortildi. Ularning 3 151 nafari yoşlar, 713 nafari ayollar va 106 nafari voyaga yetmaganlar bölgan.
Bundan taşqari, narkotik moddalar noqonuniy aylanmasi bilan boğliq jinoyatlar uçun 151 nafar çet el fuqarosi ham javobgarlikka tortilgan. Ulardan 116,6 kg narkotik modda musodara qilingan.
Agentlik ma’lumotiga köra, narkojinoyat sodir etgan talabalar soni ötgan davrga nisbatan 24 foizga kamaygan.
Avvalroq Surxondaryo viloyatidagi «Ayritom» çegara bojxona postida Afğoniston fuqarosidan avtomobil dvigateli porşeniga yaşirilgan giyohvandlik moddalari topilgandi.