
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer Toşkentga keldi. Bu haqda mamlakat dzyudo federatsiyasi ma’lum qildi.
Vizerning taşrifi 19 – 22-noyabr kunlari Toşkentda ötkaziladigan dzyudo böyiça yoşlar örtasidagi jahon çempionati bilan boğliq. IJF prezidenti boşçiligidagi delegatsiyani «Toşkent – Humo» xalqaro aeroportida Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qömitasi hamda Özbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati kutib oldi.
82 mamlakatdan qariyb 600 sportçi qatnaşadi

Yoşlar örtasidagi jahon çempionati Olimpiya şaharçasida ötkaziladi. Musobaqada dunyoning 82 mamlakatidan 600 nafarga yaqin sportçilar medallar uçun bahs olib boradi. Çempionat 19-noyabr kuni boşlanib, 22-noyabrga qadar davom etadi.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri maktablarda kamida bittadan sport tögaragi taşkil etilişi haqida yozgan edi.