“Paxtakor”: Ortiqxo’jaev klub boshqaruvi raisi lavozimida qoladi

eʼlon qilindi
Avvalroq klub va uning mulki sotuvga qo'yilgan edi
Foto: Sputnik

Jahongir Ortiqxo‘jaev «Paxtakor» boshqaruvi raisi lavozimida qoladi, deb xabar berdi Toshkent jamoasi matbuot xizmati.

Bungacha ijtimoiy tarmoqlarda futbol klubi rahbariyatida o’zgarish bo’lgani haqida ma’lumot tarqaldi.

Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» barcha mulki bilan sotuvga qo‘yilgan. Xususiylashtirish uchun arizalar joriy yilning 15 fevraliga qadar E-Auksion platformasi orqali qabul qilinadi.

Avvalroq, Kursiv Abbosbek Fayzullaev O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek