Metan “zapravka”larda narxlar qanday oshishi mumkinligi ma’lum bo’ldi
1-apreldan suyultirilgan gaz uchun aksiz solig‘i 96,5 ming so‘mga ko‘tarilgani tufayli metan «zapravka»larda ham narxlar oshishi kutilmoqda. «Kursiv» jurnalisti bu xabarga aniqlik kiritish uchun yonilg‘i quyish shoxobchalariga murojaat qildi.
Bu haqida Autostrada.uz ham xabar bergan edi, bir necha «zapravka»larda yonilg‘i 3800 so‘mdan sotilayotgan ekan.
Artus yoqilg‘i quyish shoxobchasida metan 1 kub metr uchun 3250 so‘mni tashkil qildi, biroq 1-apreldan oshadi, dedi «Kursiv»ga gaz quyish shoxobchasi xodimi.
Gulsara LUX «zapravka» vakili 1-apreldan soliq oshgani tufayli 1 kub metrning narxi 550-800 so‘mga oshishi mumkinligini aytdi.
«Premium oil» yoqilg‘i shoxobchasi operatori ham narxlar ko‘tarilishini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, benzin narxi 1-apreldan ko‘tariladi. Neft mahsulotlari ishlab chiqarish uchun aksiz solig‘i AI-80 rusumli avtobenzinning bir tonnasi uchun 37 ming so‘m, aviakerosinning bir tonnasi uchun 29 ming so‘m va dizel yoqilg‘isi bir tonnasi uchun 35 ming so‘mga oshiriladi.