Fuqarolar bir vaqtning oʻzida bir necha turdagi pensiyani olishi mumkinmi
eʼlon qilindi
Bu haqda Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati xabar berdi
Fuqarolarda ikki yoki undan ortiq pensiya olish uchun huquqi paydo boʻlganda, fuqaroning tanlovi bilan faqat bitta turdagi pensiyani olishi mumkin boʻladi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonunning 4-moddasiga koʻra, davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga ularning oʻzlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Pensiya jamgʻarmasi tomonidan joriy yilning yanvar – may oylarida 124 184 nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlandi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston pensiya tizimi boʻyicha reytingda oxirgi oʻrinlardan birida ekanligi haqida xabar bergan edi.