USAID ko‘magida Namanganda $2,3 millionlik loyiha ishga tushdi
Namangan viloyatida joylashgan «Ifoda Agro Kimyo Himoya» qo‘shma korxonasi loyihasining uchinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. Ushbu bosqichda $2,3 millionlik loyiha doirasida granula organomineral o‘g‘itlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Chust tumanida 3 gektar yer maydonida qurilish ishlari qisqa muddatda yakunlandi. Yiliga 115 ming tonna o‘g‘it ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, $7 millionlik mahsulot eksportga yo‘naltiriladi. Ushbu yo‘nalish tufayli 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ham loyiha uchun $357 ming ajratdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan USAID O‘zbekistondagi biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar dasturini ishga tushirgani haqida yozgan edi.