Prezident loyiha ofisini tashkil etish va uni Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirishga yo‘naltirish bo‘yicha topshiriq berdi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva xabar berdi
Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2025-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi va topshiriqlar oldi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yig‘ilishda hududning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, investitsiyalarni ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi turmush sifati hamda daromadlarini oshirish choralari muhokama qilindi.

Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Davlat rahbari, shu jumladan, loyiha ofisini tashkil etish va uni qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirishga yo‘naltirish haqida topshiriq berdi. Kelgusi yil uchun belgilangan vazifalar keng bo‘lib, barcha maqsadlarga erishish uchun to‘liq sa’y-harakatlar amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva xalqaro fan olimpiada g‘oliblari bilan uchrashgan edi.

Shuningdek