Samarqandga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Shaharning 12 ta ko‘chasida harakat cheklanadi
Foto: Facebook

3 – 5-aprel kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi» sammiti sabab shaharga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi. Bu haqda YHXX rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Foto: YHXX

Tranzit transport vositalari uchun aylanma yo‘llar tashkil etilgan bo‘lib, maxsus flayer orqali (QR-kod) batafsil ma’lumot olish mumkin. Viloyat IIB Samarqandga tashrifni boshqa kunga surishni tavsiya qiladi.

Sammit kunlari Ibn Sino, Afrosiyob, Dahbed, Bo‘stonsaroy, Universitet xiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Shabod, Usta Umar Jo‘raqulov, Registon, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek ko‘chalarida harakat cheklanadi.

Ma’lumot uchun, cheklovlar vaqtida tez yordam va favqulodda xizmatlarga harakatlanishga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yevrokomissar Yozef Sikela O‘zbekistonga kelishi haqida yozgan edik.

Shuningdek