O‘zbekistonda Nike krossovkalari tikila boshlandi

eʼlon qilindi
Poyafzal Markaziy Osiyo, Pokiston bozorlariga yetkazib beriladi

O‘zbekistonda Nike brendi ostida krossovkalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘zcharmsanoat» uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: «O‘zcharmsanoat»

Kompaniya 2019-yilda O‘zbekiston hududida mahsulot ishlab chiqarishga ruxsat berdi. Aytish joizki, Andijonda sport poyabzali ishlab chiqarish Nike kompaniyasining Xitoydagi filiali – Sino International tomonidan tashkil etilgan.

Assotsiatsiyaning ta’kidlashicha, krossovkalarning birinchi partiyasi allaqachon korxona konveyeridan chiqqan. Mahalliy mutaxassislarga xitoylik hamkasblari yordam berishadi.

– Hozir O‘zbekistonda Nike krossovkalari ishlab chiqariladi va xalqaro bozorga jo‘natiladi. Hozirda kuniga 6 ming juft ishlab chiqaramiz, kelajakda esa yillik quvvatni 3 million donaga yetkazishni rejalashtirganmiz”, — dedi Sino International rahbari Rongxuan.

Nike strategiyasiga ko‘ra, mamlakatimizda tikilgan krossovkalar Markaziy Osiyo, Pokiston bozorlariga, kelajakda esa Yevropaga yetkazib beriladi.

Avvalroq, «Kursiv» Nike kompaniyasi Toshkentda flagman do‘konini ochishi haqida yozgan edi.

Shuningdek