2-dekabr, dushanba kuni Chevrolet Cobalt GX-Style AT Plus va GX-MIDNIGHT AT modellari uchun to‘lov muddati tugaydi. Bu haqda UzAuto Motors matbuot xizmati xabar berdi. Kompaniya fuqarolarni firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirib, shubhali e’lonlar yoki «shartnoma sotib olish» takliflariga ishonmaslikni so‘raydi. Shuningdek, UzAutoSavdo platformasida xaridor yoki diler ma’lumotlarini o‘zgartirish imkoniyati yo‘qligi ta’kidlandi.…