14-mart kuni LOT Polsha Airlines aviakompaniyasining ilk muntazam reysi Varshavadan Toshkentga yetib keldi, deb xabar bermoqda «Kursiv» muxbiri.
Boeing 737 MAX 8 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 09:00da poytaxtga kelib qo‘ndi. Parvoz 6 soat davom etgan. Toshkent xalqaro aeroportida yangi yo‘nalishning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Bugun «LOT Polish Airlines» aviakompaniyasining yana bir yoʻnalishi ochildi. O‘zbekiston dunyodagi eng qiziqarli mamlakatlardan biri bo‘lib, Polsha va Yevropadan kelgan yo‘lovchilarga juda ko‘p narsalarni taklif qila oladi. Ishonchim komilki, havo kemamiz bortida Markaziy Osiyoning yuragiga qulay sharoitda yetib borish imkoniyati Polsha va O‘zbekiston o‘rtasida turizm va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish...