Avtomobil kreditlari uchun talablar kuchaytirilganiga qaramay, hali ham daromadni tasdiqlovchi hujjatsiz banklardan avtokreditga yangi yoki eski mashina sotib olish mumkin. Qaysi banklarda bunday kreditlar beriladi – «Kursiv» maqolasida o‘qing.
Sanoat Qurilish Bank
SQB yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromadni tasdiqlovchi hujjatsiz avtokredit beradi. Bunda faqat 30 foiz oldindan toʻlovni amalga oshirish kerak boʻladi. Lekin kredit faqat rasmiy dilerdan sotib olingan yangi avtomobil uchun amal qiladi. Shuningdek, oʻtgan yilga nisbatan foiz stavkalari 25 foizga oshdi: agar avrokredit bir yil muddatda olinsa, stavka 25 foiz qilib belgilangan. Ikki yilga 27 foiz, uch yilga 28 foiz, toʻrt yilga 28 foiz va besh yil...