Foto: Unsplash
Yaponiyaning asosiy fond indekslaridan biri — Nikkei ertalabki savdolardan soʻng mamlakatda 1980-yillar oxirida iqtisodiyot oʻsish davrida oʻrnatilgan avvalgi rekordni yangiladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Nikkei 225 indeksi 1,6 foizga oshib, 38 769,64 ga koʻtarildi va 34 yil oldin oʻrnatilgan rekordni yangiladi. Oxirgi 12 oy ichida bu koʻrsatkich 14 foizga oshgan.
Nikkei uchun barcha davrlardagi rekord — 38 957,44 ni tashkil qiladi.
Indeksdagi eng katta oʻsish Advantest Corp (4,9 foiz), Tokyo Electron Ltd (4,74 foiz) va Resonac Holdings Corp (4,32 foiz) kuzatilganini koʻrish mumkin.
AQSh kompaniyalari uchun savdo yaxshi yopilgani Yaponiya fond bozoriga Amerika birjalaridagi ijobiy tendensiyalar...