Yakunlangan hafta Oʻzbekiston fond bozori koʻp yoʻnalishli dinamikani namoyish etdi. Ba’zi qimmatli qogʻozlarning keskin oʻsishi kuzatilgan boʻlsa, boshqalari haftani yoʻqotishlar bilan yakunladi. UCI indeksi 0,93 foizga kamaydi.
Unga koʻra, bank sektori aralash kartinani koʻrsatdi. «Sanoatqurilishbank» oddiy aksiyalarining narxi (+5,1%) oshdi. «Ipotekabank»da bir turdagi qimmatli qogʻozlar sezilarli darajada (-12,23%) pasaydi. Shu bilan birga, ikkinchisining aksiyalari (+8,72%) oshdi.
Shuningdek, sanoat sektori ham aralash dinamikani koʻrsatdi. «Olmaliq KMK» aksiyalari deyarli 3 foizga arzonlashdi, «Biokimyo» esa 9,03 foizga oʻsdi.
Umumiy hisobda 24 ta yuqori likvidli aksiyalardan 14 tasi yashil rangda yakunlandi. Bir hafta ichida «Toshkent» Respublika fond birjasida (RFB) 2,2 milliard soʻmlik...