Oʻzbekistonda elektr energiyasini uzluksiz taʼminlash va noqulay ob-havo sharoitida avariyalarning oldini olish maqsadida 150 MVt gacha energiya isteʼmoliga cheklovlar joriy etildi, deb xabar berdi AIMKda boʻlib oʻtgan brifingda Respublika Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxoʻjayev.
12-mart, seshanba kuni O‘zbekistonda elektr energiyasidan foydalanish darajasi rejalashtirilgan hajmdan 6 foizga, gazdan esa 11 foizga oshdi.
Kecha mamlakatimizda 234 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, bu esa belgilangan hajmdan 2 foizga ko‘pdir. Buning uchun mamlakatimiz elektr stansiyalarida 50 million kub metr gaz ishlatildi, 19 ming tonna ko‘mir va 1 ming tonna mazut yoqildi.
Bundan tashqari, elektr energiyasiga boʻlgan talab yuqori...