11-iyul kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi a’zolari Ukraina yadroviy inshootlari boʻyicha AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan tayyorlangan rezolyutsiyani qabul qildi.
Qayd etilishicha, rezolyutsiyaga 99 ta davlat ovoz bergan, jumladan, Rossiyaning ittifoqchilari sifatida qarab kelingan Xitoy, shuningdek, qator arab davlatlari tomonidan ham qoʻllab-quvvatlangan.
Oʻz navbatida, rezolyutsiyaga 9 ta davlat Rossiya, Belarus, Kuba, Suriya, KXDR va boshqa davlatlar qarshi chiqqan. 60 ta davlat, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari — Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston va yana 56 mamlakat esa betarafligini bildirgan.
«Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Rossiya Federatsiyasidan Ukrainaga qarshi tajovuzkorligiga zudlik bilan toʻxtatishni va barcha qurolli...