Havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin, deya yozmoqda «O‘zgidromet».
Unga ko‘ra, harorat Toshkent shahrida kechasi 3-5° sovuq, kunduz 5-7° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘lishi kutilmoqda. Ustyurtda esa kechalari harorat 15-20° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq atrofida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi, lekin Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuqdan 3° iliqqacha o‘zgaradi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida...