Bugun, 6-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra:
Terma jamoaning 25 nafar a’zosi hamda bosh murabbiy Timur Kapadze — «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan; sobiq bosh murabbiy Srechko Katanes hamda uning shtabidagi yordamchi murabbiylar — «Do‘stlik» ordeni bilan; O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov — «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.Shuningdek, terma jamoaning shifokori Alisher Aripov II darajali «Salomatlik» ordeni bilan, fizioterapevtlari (A.Bezborodov, I.Usmanov, A. Hasanov) esa «Sog‘lom turmush» medali bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining quyidagi xodimlariga esa «Shuhrat» medali beriladi:
Axmedov...