Google o‘zining sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha etik tamoyillarini yangilab, ilgari texnologiyani qurol-yarog‘ va kuzatuv uchun ishlatmaslik haqidagi va’dasini olib tashladi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2018-yilda kompaniya AI’ni insonlarga zarar yetkazishi yoki xalqaro normalardan tashqari kuzatuv uchun ishlatmaslikni kafolatlagan edi. Hatto o‘sha yili Google Pentagon bilan 10 milliard dollarlik shartnomadan voz kechgan va minglab xodimlar harbiy texnologiyalar yaratishga qarshi petitsiya imzolagan edi.
Biroq AI texnologiyalarining jadal rivojlanishi fonida Google o‘z tamoyillarini qayta ko‘rib chiqdi. Kompaniya rahbarlari demokratik mamlakatlarning AI bo‘yicha tamoyillari ularga texnologiyaning imkoniyat va xavflarini yaxshiroq tushunishga yordam berganini ta’kidlamoqda. Endi Google AI’ni «odamlarni...